Mukofotlar va erishilgan yutuqlar
"Qarshi" bank xizmatlari markazi (BXM) shaharning markaziy ko'chalaridan biri - Islom Karimov nomidagi ko'chada joylashdi.
Yagona shart "Kapitalbank"da ochilgan Visa kartasiga Rossiyadan pul o‘tkazmalarini qabul qilish edi.
Bepul!
2021 yilning 1 noyabridan O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan “Bank Apelsin” aksiyadorlik jamiyatiga №88 raqamli litsenziya berildi. Apelsin mobil ilovasi endilikda bank sifatida ish faoliyatini boshladi.
Sizlarga shuni ma'lum qilamizki, “Kapitalbank” ATBning Buxoro filiali yangi ofisga ko'chib o'tdi, manzil: Buxoro viloyati, Buxoro sh., Ibn Sino ko‘ch., 51-uy (pochta indeksi 200104).
O'z go'zalligingiz bilan dunyoni bezashda, yaqinlaringizni tabassum bilan xursand qilishda, ulug'vorligingiz, nafisligingiz va mehribonligingiz bilan hayratlantirishda davom eting.
Bahor sizga yoqimli kutilmagan sovg'alar va sizni hayratga soluvchi tuyg'ularni olib kelsin!
Mehr-muruvvat va yangilanish bayrami hayotingizga yanada ko’proq yorqinlik va mazmun olib kelsin. Hotirjamlik, quvonch va tinch-totuvlik baxsh etsin. Xonadoningizga iliqlik va baxt ato etsin!
Sizlarni tarmoqlarda bankimizning soxta sayti tarqalgan, u yerda sizni chalg‘itish maqsadida “Kapitalbank” ATB rasmiy uslubi, logotipi va rekvizitlaridan foydalanilgan!
Sizga shuni maʼlum qilamizki, Bank oʻz zimmasiga olgan majburiyatlari va stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasiga bogʻlangan omonatlar boʻyicha tuzilgan shartnomalar doirasida jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari boʻyicha foizlarni hisoblash ( shu jumladan, "Kapitalbank" va "Apelsin" mobil ilovalarida) to'laligichi tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ishonchingiz uchun rahmat!
Ushbu bayramona kunda har biringizga ishonchingiz va bankimizni tanlaganingiz uchun o'z minnatdorchiligimizni bildirmoqchimiz! Biz uchun siz eng asosiy sovg'asiz. Siz va sizning qo'llab-quvvatlashingiz tufayli biz faqat oldinga intilamiz, faol o'samiz va rivojlanamiz!
Sizga va yaqinlaringizga chin dildan sihat-salomatlik, bitmas-tuganmas ijobiy kayfiyat, dadil qarorlar va yorqin yutuqlar tilaymiz!
Kelgusi samarali va uzoq muddatli hamkorlikka umid qilib qolamiz!
Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 15/1-uy manzilida joylashgan “Gold Centre” Mini Banki yopilishi haqida maʼlum qilamiz.
Bankning ushbu filiali 2022-yil 26-apreldan boshlab faoliyatini to‘xtatadi.
Siz va sizning qoʻllab-quvvatlaganingiz tufayli biz munosib ravishda “Yil brendi-2020” IV Mukofoti gʻoliblari deb topilgan edik, unda shuningdek biz maxsus nominatsiya – "2020-yilning eng ijtimoiy yoʻnaltirilgan banki" nominatsiyasi bo'yicha ham taqdirlangan edik.
Ovoz berish boʻyicha yoʻrinoma: YOʻRIQNOMA
Ovoz berish @makon_brand_bot Telegram botida bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok eting, ovozingizni qoldiring, chunki aynan u hal qiluvchi bo'ladi!
Eng yaxshi bankni birgalikda tanlaymiz!
Samimiyat bilan,
“Kapitalbank” ATB.
06.05.2022-yildan boshlab “Kapitalbank” ATBning jismoniy shaxslar boʻlgan mijozlariga bank xizmatlari koʻrsatganlik uchun komissiya toʻlovlari Tariflariga oʻzgartirishlar kiritilgani haqida maʼlum qilamiz!
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 244-moddasi 1-qismi bilan 2022-yil 1-apreldan boshlab qiymati qat’iy belgilangan bank xizmatlariga qo‘shilgan qiymat solig‘i solinishi to’g’risida me’yor joriy etildi.
Soliq kodeksi va Moliya vazirligining 2022-yil 31-martdagi 06/04-01-02-32/859-sonli Axborot xabariga muvofiq, tijorat banklari o‘z mijozlariga (yuridik shaxslarga) ko’rsatilgan bank xizmatlari uchun qat’iy belgilangan komissiyalarga hisobvaraq-fakturalarini rasmiylashtirishlari shart. Hisobvaraq-fakturalar bank uchun ko’rsatilgan xizmatlar hisobvaraq-fakturalar reestrini avtomatik tarzda shakllantirish, mijozga esa ko’rsatilgan xizmatlar uchun taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar QQS summasini hisobga olish uchun qabul qilish maqsadida rasmiylashtiriladi.
Hisobvaraq-fakturalar mijozdan yechib olingan komissiyalar asosida rasmiylashtirilganligi sababli, ularni to'lash shart emas!!!
Sizdan iltimos hisobvaraq-fakturalarni rad etmang, har qanday savol yoki muammoli vaziyatlarda filial bosh hisobchisi yoki korporativ biznes bo‘limi boshlig‘iga murojaat qiling.
Ushbu ulug' ayyomda sizga va yaqinlaringizga sog'lik, xonadoningizga fayzu-baraka, ishlaringizga rivoj, Ramazon oyida qilingan duo va xayrli ishlaringizni Yaratganni o'zi ijobat qilishini tilab qoladi!
Yangilanishlar sababli, 10-may soat 9:00dan 18:00gacha Telegram-bot faoliyati to‘xtatilishi mumkin.
Har doim quvonch, tabassum va iliqlikka to‘la bo‘lgan baxtli onlar hukm sursin!
Firibgarlar bankomatlar yonida turib, sizga valyutani siz uchun foydali kursda almashtirishni taklif qilishlari mumkin. Kelishuv amalga oshirilgandan so'ng sizgs to'liq bo'lmagan miqdordagi pul mablag'i berilganligini bilib qolishingiz mumkin.
Ogoh bo'ling!
Firibgarlarning ko'rsatmalariga rioya qilish va ulardan valyuta ayirboshlash orqali siz qonunni buzasiz va pullaringizni yo'qotish xavfiga duch kelasiz.
Xavfsiz valyuta ayirboshlash faqat bank filiallari yoki bankomatlarida amalga oshirilishi mumkin!
Sizga shuni ma’lum qilamizki, “Kapitalbank” ATB norezident jismoniy shaxslarga uchinchi shaxslar orqali berilgan ishonchnoma bo'yicha hisobvaraq ochmaydi. Hisobni bankimiz filiallarida faqat shaxsan kelgan holda ochish mumkin. O'zingiz bilan pasportning asl nusxasi va O'zbekiston Respublikasi hududida bo'lish to'g'risidagi qaydnomangiz bo'lishi kerak.
01.07.2022-yildan boshlab “Kapitalbank” ATBning jismoniy shaxslar boʻlgan mijozlariga bank xizmatlari koʻrsatganlik uchun komissiya toʻlovlari Tariflariga oʻzgartirishlar kiritilgani haqida maʼlum qilamiz!