- Xususiy mijozlar
- Bank haqida
- Mukofotlar va erishilgan yutuqlar
- Yangiliklar
- Sharof Rashidovni xotirlab
Yangiliklar
Obuna boʻlish
2021-11-05
Sharof Rashidovni xotirlab
Ertaga atoqli davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidovich Rashidov tavalludiga 104 yil to‘ladi. Bu yubiley yosh emas, shunga qaramay, belgilangan ezgu an’ana asosida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Toshkent shahar faxriylar jamoat kengashi va “Kapitalbank” ATB vakillari Olmazor tumani oqsoqollarini ziyorat qilishdi.Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar Olmazor tumani faxriylar kengashi raisi Mirziyod Mirpo‘latov, Toshkent shahar faxriylar jamoat kengashi a’zosi Ma’ruf Usmonov, taniqli jurnalist Rahimjon Sultonov, mahalla faoli Abduqahhor To‘laganov va boshqalar Sharof Rashidovning O‘zbekiston taraqqiyotidagi serqirra faoliyati, iqtisodiyot, fan va madaniyatni shakllantirish, shaharsozlik, yangi shaharlar barpo etish, yosh avlod tarbiyasiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida taʼkidlab oʻtdilar.
Bularning barchasi va boshqa ko‘plab maʼlumotlar rossiyalik tarixchi va yozuvchi Fyodor Razzoqovning “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan “Kapitalbank”ning moliyaviy yordami bilan 2020-yilda chop etilgan “Sharof Rashidov: Hayot va mamot” (“«Шараф Рашидов: Жизнь и судьба»”) kitobida bayon etilgan.
Shubhasiz, kitob hammadan ham, respublikaga Sharof Rashidov rahbarlik qilgan davrda yashagan, ishlagan, faol mehnat faoliyati bilan shugʻullangan keksa avlod vakillari, kitobxonlar tomonidan ulkan qiziqish bilan kutib olindi. Aynan shuning uchun ham Faxriylar jamoat kengashi va “Kapitalbank” ATB tomonidan Sharof Rashidov haqidagi bir necha nusxa kitoblar yig‘ilgan oqsoqollarga tantanali ravishda taqdim etildi.
Buyuk inson va uning O'zbekistonliklarning butun bir avlodi yashagan, ishlagan va ijod qilgan davri haqidagi kitob o'zining boy tarixini eslab, ardoqlab kelayotgan oqsoqollar uchun qimmatbaxo sovg'a bo'ldi К списку
Obuna boʻlish