FAQ

Qulay avtomobil / Qulay karta
Daromad qanday bo'lishi kerak?

Oylik to'lov daromadning 70% dan oshmasligi kerak. Agar daromad yetarli bo'lmasa, birgalikda qarz oluvchilarni tashkil qilishingiz rasmiylashtirish mumkin.

Kredit arizasini ko'rib chiqish uchun necha kun kerak bo'ladi?

Arizani ko'rib chiqish va kredit berish yoki rad etish to'g'risida javob berish bir necha ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Olingan kredit qanday tartibda qaytariladi?
Qaytarish har oyda, 2 oygacha bo'lgan imtiyozli davr bilan yoki imtiyozli davrsiz, annuitet usulida amalga oshiriladi.
«QULAY UY» ipoteka krediti
Daromad qanday bo’lishi lozim?
Har oylik to’lov daromadning 70% dan oshmasligi lozim. Agar daromad yetarli bo’lmasa, u holda birgalikda qarz oluvchilarni rasmiylashtirish mumkin.
Ipoteka krediti uchun qayerga murojaat etish kerak?
Ipoteka krediti ro’yxatda turgan joyi bo’yicha emas, balki xarid qilinayotgan uy-joy joylashgan hudud bo’yicha «Kapitalbank» filialida rasmiylashtiriladi.
Kredit buyurtmasini ko’rib chiqishga necha kun ketadi?
Ko’rib chiqish hamda kreditni ajratish yoki rad etish to’g’risidagi javobini berish bir necha ish kunida amalga oshiriladi.
Bitim qanday amalga oshiriladi?
Kredit ma’qullanganidan keyin bank bitimni qayd etish uchun notariusga majburiyatnoma-xat yuboradi. Xat asosida quruvchi uy-joy mulkini xaridor nomiga rasmiylashtiradi, bank esa, o’z navbatida, uy-joy mulkini garov sifatida rasmiylashtiradi. Xarid qilinayotgan uy-joy garov bo’ladi. Mazkur garov rasmiylashtirilgach, bank pulni sotuvchining hisob raqamiga o’tkazib beradi.
Dastlabki badalni qayerda to’lash kerak?
Kamida 26% miqdordagi dastlabki badalni ipoteka rasmiylashtirilayotgan «Kapitalbank» filialida to’lash lozim.
Olingan kreditni qaytarish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Qaytarish har oyda, 3 oygacha imtiyozli muddat bilan yoki imtiyozli muddatsiz, annuitet uslubda amalga oshiriladi.
InfoService