- Xususiy mijozlar
- Pul o’tkazmalari
Pul o’tkazmalari
CONTACT to‘lov tizimi 1999 yildan buyon ishlaydi. CONTACT tizimining operatori - “Rapida” MCHJ, asoschisi - “RUSSLAVBANK” ATB (YOAJ) bo‘lib, u shuningdek tizim uchun hisob-kitob markazi vazifasini bajaradi. 2014 yilning o‘rtalaridan beri CONTACT tizimi va “Rapida” yagona xolding doirasida faoliyat yuritmoqdalar.
MoneyGram – bu jismoniy shaxslar uchun bir zumlik xalqaro pul o‘tkazmalari. Bu qamrov ko‘lami va xizmat ko‘rsatish punktlari soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi pul o‘tkazmalari tizimi.
Western Union Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi zamonaviy aloqa vositalari va ma'lumotni ishlash usullaridan foydalangan holda 1871-yildan buyon pul o‘tkazmalari bilan shug‘ullanadi. “Kapitalbank” ATB 2007 -yilning 26-martidan buyon Western Union Kompaniyasi Agenti hisoblanadi.
"AziyaEkspress" pul o'tkazmalari tizimi sizga "Kapitalbank"ning istalgan ofisida bir zumda Rossiyadan pul o'tkazmalarini qabul qilish va yuborish imkoniyatini beradi.
Yunistrim – jismoniy shaxslar hisob raqamini ochmagan holda zudlik bilan pul oʻtkazmalarini amalga oshirish tizimidir. Izchil rivojlanib borayotgan YUNISTRIM xalqaro pul joʻnatmalari tizimi 2001 yildan buyon aloqaning eng zamonaviy vositalaridan foydalangan holda jismoniy shaxslarning pul joʻnatmalarini amalga oshirish bilan shugʻullanib kelmoqda. YUNISTRIM har yili millionlab pul joʻnatmalarini amalga oshiradi va eng yirik xalqaro bozor qatnashchilaridan biri hisoblanadi.
Bank o‘tkazmalari – bu pul o‘tkazmalarini jo‘natish va olishning oddiy, qulay, tez, ishonchli, eng asosiysi, arzon usulidir.
"Zolotaya Korona" - bu Rossiya, MDH davlatlari, Yevropa Ittifoqi va boshqa bir qator mamlakatlarda hisobraqam ochmasdan tezkor pul o'tkazish xizmati.