Tezkor konvertatsiya

"Kapitalbank" ATB yuridik shaxslarga vaqtni tejash va xorijiy hamkorlar bilan o'zaro hisob-kitob qilishlari uchun xorij valyutasini tezkor ravishda sotib olishga imkon beruvchi "Tezkor konvertatsiya" xizmatidan foydalanish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi.

Ayni vaqtda yuridik shaxslar amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan turli maqsadlar uchun, shu jumladan tashqi savdo shartnomalari bo'yicha o'zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xorij valyutasini sotib olish imkoniyatiga egalar.

"Tezkor konvertatsiya" xizmati Internet Bank Mijoz (iBK) va Mobile24 mobil ilovasining masofadan turib xizmat ko'rsatish tizimlari orqali quyidagi amallarning bajarilishini nazarda tutadi.

Mijoz tomonidan masofaviy xizmat ko'rsatish tizimlaridagi "Xorij valyutasini sotib olish uchun ariza" nomli tegishli funksional orqali, operatsiyaning maqsadli xususiyatini tekshirish uchun hujjatlarning skaner qilingan shakllarinni ilova qilgan holda, elektron shakldagi ariza beriladi.

Shundan so’ng bank, bir soat ichida hujjatlarni tekshirib, bankning valyuta pozitsiyasidan konvertatsiyani amalga oshiradi va konvertatsiya qilingan summani xorij valyutasida mijozning hisob raqamiga o'tkazadi.

Mijoz, pul o'tkazmasi kelib tushgani haqidagi tasdiqni olgach, shu kunning o’zidayoq masofaviy xizmat ko'rsatish tizimining "SVIFT" funksionalidan foydalanib, tashqi savdo operatsiyalari bo'yicha majburiyatlarini to'lash uchun konvertatsiya qilingan summani o’tkazishni rasmiylashtiradi.

Arizani topshirishdan to xorijga to'lov qilishgacha bo'lgan butun jarayon bir necha soat ichida masofadan turib bank xizmatlarini ko'rsatish tizimi orqali bankda shaxsan ishtirok etmasdan amalga oshiriladi!