- Xususiy mijozlar
- Bank haqida
- Investorlar uchun
- Biznes reja
Biznes reja
2022 yil
Biznes-rejani yaratishning asosiy konsepsiyasi bankning missiyasi hisoblanadi, yaʼni moliya bozorining eng istiqbolli tarmoqlarini, eng daromadli segmentlarida ishlaydigan kuchli moliyaviy supermarketni yaratishdir. Xususan, bankning 2021-yildagi moliyaviy natijasini eng yaxshi tavsiflovchisi bu, chempionlik sari intilish tamoyiliga amal qilgan holda, mijozlarga eʼtibor qaratishdir, shu bilan birga, yetakchi oʻrinlarga erishish va uni saqlab qolishga eʼtibor qaratuvchi muhim jihatlardan biridir.
Biznes-reja Bankning asosiy maqsadi sifatida – butun mamlakat boʻylab toʻliq moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi Oʻzbekistonning zamonaviy, innovatsion va jadal rivojlanayotgan bankining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
BANKNING RIVOJLANISH TAXMINLARI
2022-yilda Bank, yangi avtomatlashtirilgan bank tizimi va uning ishlashi uchun uskunalarni joriy etish boʻyicha, ishlarni davom ettiradi. Bu qadam yangi interaktiv xizmatlarni joriy etish, mijozlarga tezkor va kechayu kunduz xizmat koʻrsatish imkonini beradi. Dastur ishga tushirilgandan soʻng, biznes-jarayonlarning aksariyati avtomatlashtiriladi, bu esa oʻz navbatida mijozlar uchun eng qulay aloqa kanallari orqali mavjud boʻlgan, maʼlumotlarni tahlili va modellashtirish vositalariga asoslangan, shaxsiylashtirilgan aloqalarga oʻtishni osonlashtiradi.
Xarajatlarni yanada samarali boshqarish, foyda-xarajat tahlili modelini joriy etish va tartibga soluvchi kapitalni samarali taqsimlash hisobiga, biznes unumdorligi sezilarli darajada yaxshilanadi. 2022-yilda Bank oʻz oldiga foizli biznesni yanada faol surʼatlarda rivojlantirish, oʻz saʼy-harakatlarini chakana va kichik biznesni kreditlashga qaratish vazifasini qoʻymoqda, bu esa oʻz navbatida uning kredit portfelini diversifikatsiya qilishga yordam beradi.
2022-yil oxiriga kelib, Bank oʻz aktivlarini 19,4 trln soʻmgacha oshirishni rejalashtirmoqda, majburiyatlarni 17,3 trln. soʻmgacha va umumiy kapitalni 2,1 trln soʻmgacha. 2022-yilda Bankning yalpi daromadi (filiallar oʻrtasidagi operatsiyalardan tashqari sof daromad) 2 635 mlrdga miqdorga rejalashtirilgan va xarajatlari (filiallar oʻrtasidagi operatsiyalardan tashqari sof daromad) 2 073 mlrd. soʻm miqdorida. Daromadlarning oʻsishiga biznesning barcha strategik yoʻnalishlarini tizimli rivojlantirish orqali erishiladi.
KORPORATIV BIZNES
Bank korporativ mijozlarni shartli ravishda ikkita asosiy segmentga ajratadi:
- yirik korporativ mijozlar;
- kichik biznes vakillari.
Katta biznes segmenti bir nechta banklarda xizmat koʻrsatilishni afzal koʻradigan, katta miqdordagi pulga ega boʻlgan va butun moliyaviy xizmatlardan foydalanadigan eng talabchan mijozlar hisoblanadi. Bunday mijozlar toʻlovlar va kreditlash da tezkorlikni, shuningdek, murakkab moliyaviy vositalarni oʻz ichiga olgan mahsulotlarni talab qiladilar. Ular mijozining faoliyat yuritayotgan sohani oʻziga xos xususiyatlarini biluvchi, yuqori malakali bank xodimlari bilan ishlashni afzal koʻradilar.
Bank individual moliyaviy yechimlarni taklif qilish orqali, ushbu segmentdagi mijozlarga xizmat koʻrsatish koʻlamini rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bank qisqa muddatli kreditlash, savdoni moliyalashtirish, valyuta operatsiyalari va likvidlikni boshqarish mahsulotlari sohasida, oʻz mahsulot turlarini kengaytiradi. Shu bilan birga, xizmatlar koʻrsatish tezligini oshirish, ayniqsa, kredit ajratishda muhim ahamiyatga ega. Bank mijoz menejerlari va mijozlar vakillari oʻrtasida operativ hamkorlik qilish mexanizmlarini yaratadi.
Kichik biznes segmenti Bank uchun katta qiziqish uygʻotadi, sababi maqbul daromadlilik darajasini taʼminlaydi, shu bilan birga mijozlar bazasini samarali diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Iqtisodiy islohotlar va davlat tomonidan kichik biznesning faol qoʻllab-quvvatlanishi tufayli, Bankning potentsial mijozlari soni jadal surʼatlar bilan oʻsib bormoqda. 2022-yilda kichik biznesni moliyalashtirish uchun, yirik xalqaro moliya institutlaridan, kredit liniyalarini jalb qilish boʻyicha faol ishlar olib boriladi, bu ayni paytda bankning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshiradi. 2022-yilda kichik biznes bilan shugʻullanuvchi mijozlariga xizmat koʻrsatish jarayoni, masofaviy va raqamli kanallar orqali xizmat koʻrsatishni rivojlantirishdan iborat boʻlib, ularga oʻzlarining biznes mablagʻlarini nazorat qilish va boshqarish uchun qulay yechim taqdim etiladi. Raqamli kanallarni yanada rivojlantirish mijozlar bilan ishlovchi menejerlarini ishini yengillashtiradi va tarmoq xususiyatlarini hisobga olgan holda, shaxsiylashtirilgan xizmatlarning yangi paketlarini joriy etish imkoniyatlarini ochib beradi.
Mijozlar bazasini yaratishda asosiy eʼtibor, katta miqdordagi naqd pul qoldigʻiga va yaxshi hisob-kitoblarga ega boʻlgan mijozlarga qaratiladi. Bu 2022-yil oxirigacha yuridik shaxslarning hisoblaridagi qoldiqlarni 9,5 trln soʻmgacha oshirish imkonini beradi.
Korporativ mijozlarning milliy valyutadagi hisoblariga xizmat koʻrsatish prognozlarga koʻra, kamida 103,6 mlrd.soʻm miqdorida ldaromad keltiradi. Chet el valyutalari hisoblariga va tashqi iqtisodiy faoliyati uchun xizmat koʻrsatish esa, 269,6 mlrd. soʻm miqdoridagi daromad keltiradi.
Resurs bazasi barqarorligini taʼminlash maqsadida, yuridik shaxslarning muddatli omonatlarini jalb etishga alohida eʼtibor qaratiladi. 2022-yil oxirigacha ularning qoldigʻini 3043 milliard soʻmga (shu jumladan xorijiy valyutada) yetkazish rejalashtirilgan boʻlib, foiz xarajatlari 335,4 milliard soʻmni tashkil etadi.
Olingan mablagʻlar Bankning faol operatsiyalarini moliyalashtirishning, yaʼni kreditlashnig asosiy manbai boʻladi. 2022-yilda kredit portfelini 11,9 trln. soʻmgacha oshirish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 8,3 trln soʻm milliy valyutadagi kreditlar va 3,6 trln. soʻmlik soʻm ekvivalentidagi xorijiy valyuta kreditlari tashkil etadi.
2020-yilda kichik biznesni kreditlash alohida yoʻnalish sifatida belgilandi. 2020-2021-yillardagi amaldagi moliyaviy natijalar ushbu qadam toʻgʻri qoʻyilganini koʻrsatdi va emissiya jarayonlarining optimallashtirilishi, rentabellik va muammoli aktivlarning past ulushi buni tasdiqladi.
2022-yilda Kichik kreditlash boʻyicha kredit portfeli qoldigʻini 1,7 trln. Soʻmga yetkazish taxmin qilinmoqda.
CHAKANA SAVDO BIZNESI
Chakana savdo biznesni, xususan, chakana kreditlashni rivojlantirish asosan kredit portfelini umuman diversifikatsiya qilish imkoniyati bilan bogʻliq ustuvor yoʻnalish hisoblanadi. 2022-yilda chakana kredit portfelining qoldigʻi 6,5 trln. soʻm deya taxmin qilinmoqda. Emissiyaning prognoz qilinayotgan hajmi va foiz stavkalarini hisobga olgan holda, bank 2022-yilda jismoniy shaxslarni kreditlashdan 1132 mlrd.soʻm daromad olishni moʻljallamoqda.
2022-yilda chakana savdo biznesini rivojlantirish uchun bank quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
- muntazam toʻlovlar, pul mablagʻlarini oʻtkazish, tovar va xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish, mablagʻlarni tejash kabi oddiy operatsiyalarni qulay, tez va foydali amalga oshirish. Shu maqsadda mehnatga haq toʻlash loyihalari, jismoniy shaxslarning hisoblari oʻrtasida pul mablagʻlarini oʻtkazish, overdraft va moliyaviy aktivlar bilan taʼminlangan kredit liniyalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Mijozlarni masofaviy identifikatsiyalashning yangi usullarini joriy etish orqali, jamgʻarma mahsulotlarini rivojlantirish va plastik kartochkalardan foydalanishni ommalashtirish zarur;
- xalqaro toʻlov tizimlariga ega plastik kartalar boʻyicha hamkor dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish. 2021-yilda Bank bosh ofisi xodimlari oʻrtasida VISA bilan hamkorlikda xorijiy valyutada toʻlash imkoniyatiga ega boʻlgan, soʻmlik ish haqi kartalarini chiqarish boʻyicha, yangi hamkorlik dasturi ishga tushirildi. 2022-yilda Bank ushbu mahsulotni ommaviy bozorga chiqarishni va uni barcha mijozlariga taklif qilishni rejalashtirmoqda;
- mijozlar bilan uzoq muddatli va yaqin munosabatlar oʻrnatish. Ushbu vazifani hal qilish uchun mijozlarning ehtiyojlarini tushunish va har bir mijoz segmentiga individual yondashuvni topish muhimdir. Bank alohida mahsulotlarga qaraganda jozibaliroq boʻlgan mahsulot paketlarini ishlab chiqadi. Bunday paketlarni tuzish uchun bank mijozlar maʼlumotlarini toʻplash, saqlash va tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Bank 2022-yilda jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatishdan 245,8 milliard soʻm daromad olishi kutilmoqda. Shu bilan birga, plastik kartochkalardan foydalangan holda koʻrsatilgan xizmatlardan (kartalarni chiqarish, tranzaksiyalarni amalga oshirish, toʻlovlarni qabul qilish va bankomatlardan naqd pul berishdan olingan daromadlar) 199,0 mlrd.soʻmni tashkil etadi. Chakana savdo boʻlimlarida koʻrsatilgan xizmatlardan (pul oʻtkazmalari, hisobdan-hisobga pul oʻtkazish, naqd pul yechib olish) daromadlari 46,8 mlrd.soʻmni tashkil etishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, chakana savdo mijozlari Bank uchun strategik ahamiyatga ega, chunki ularning mablagʻlari Bank resurs bazasining asosiy qismini tashkil qiladi va ularning chiqib ketish xavfi past. 2022-yilda jismoniy shaxslarning omonatlari boʻyicha qoldiqlarni 6,7 trln. soʻmni tashkil etadi, shundan muddatli depozitlar 5,7 trln. soʻm. Joriy oʻrtacha depozit stavkalarini, yaʼni xorijiy valyutadagi depozitlar boʻyicha 5% va milliy valyutadagi depozitlar boʻyicha 21%, shuningdek, depozitlar boʻyicha yangi potensial mahsulotlarni hisobga olgan holda, nafaqat milliy valyutada, balki xorijiy valyutalardagi qoldiqlarni ham bosqichma-bosqich oshirish kutilmoqda.
BANK XARAJATLARI VA MOLIYAVIY NATIJALAR
2022-yil uchun foiz xarajatlari bashorati (filiallararo depozitlar boʻyicha foizlarni hisobga olmaganda) 893,5 mlrd soʻm. Foizlar boʻyicha harajatlarning oʻsishi mijozlar hisoblaridagi naqd pul qoldiqlarining koʻpayishi bilan bogʻliq. Bundan tashqari, Markaziy bankning uzoq muddatli resurs bazasiga nisbatan, joriy talablari saqlanib qoldi, ularni bajarish uchun Bank bir yildan ortiq muddatga qoʻshimcha ravishda, “qisqa” resurslardan qimmatroq boʻlgan muddatli depozitlarni jalb qilishi kerak boʻladi.
2022-yilda foizsiz xarajatlar darajasi 240,2 mlrd soʻmga rejalashtirilgan. 2022-yilgacha oʻsish, yigʻim va komissiya daromadlarining, shuningdek, spot va konversion operatsiyalardan olingan valyuta farqlari koʻrinishida, daromadlarning oshishi kutilmoqda.
2022-yil uchun operatsion xarajatlar prognozi 561,1 mlrd. soʻmni tashkil etmoqda. Operatsion xarajatlarning oʻsishiga taʼsir qiluvchi asosiy xarajatlar moddalariga quyidagilar kiradi:
- Xodimlarning ish haqi va boshqa nafaqalari shaklidagi xarajatlari;
- Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishi;
- Maʼmuriy harajatlar, reklama aksiyalarini oʻtkazilishi, soliqlar, yuridik, konsalting, audit, sugʻurta xizmatlari va boshqa operatsion xarajatlar.
Yuqoridagi tendensiyalar va prognozlarni hisobga olgan holda, Bankning 2022-yil uchun sof foydasi kamida, 561,3 milliard soʻm miqdorida taxmin qilinmoqda. Shu bilan birga, aktivlar rentabelligi (ROA) 3,3% ni, umumiy kapitalning rentabelligi (ROE) 32,1% va operatsion samaradorlik koyeffitsiyenti (CIR) 37,4% ni tashkil qiladi.
|
|
2022 |
|
ming soʻmda |
Reja |
Fakt |
Bajarish foizi |
Aktivlar |
19 386 246 280 |
|
|
Majburiyatlar |
17 299 701 932 |
|
|
Kapital |
2 086 544 348 |
|
|
Yalpi daromad |
4 048 104 828 |
|
|
Sof foyda |
561 275 220 |
|
|
2021 yil
Bankning vazifasi — “Muvaffaqiyatga erishish va uni har bir hamkorimiz bilan boʻlishish. Biz moliya bozoridagi istiqbolli tarmoqlarning eng daromadli segmentlarida ishlaydigan qudratli moliyaviy supermarketni yaratishga intilamiz.”
Bankning maqsadi — butun mamlakat boʻylab moliyaviy xizmatlarning barcha turlarini taqdim etadigan zamonaviy, innovatsion va jadal rivojlanayotgan Oʻzbekiston banki mavqeyini yana-da mustahkamlash.
Banking rivojlanish prognozlari
2021-yilda Bank avtomatlashtirilgan bank tizimini joriy etish va uning ishlashi uchun uskunalar bilan taʼminlash boʻyicha ishlarni davom ettiradi. Ushbu qadam yangi interaktiv xizmatlarni joriy etish, mijozlarga kechayu kunduz tezkor xizmat koʻrsatish imkonini beradi. Dastur ishga tushgangandan soʻng, biznes jarayonlarning aksariyati avtomatlashtiriladi. Bu holat, mijozlar oʻzlariga eng qulay oʻzaro aloqa kanallari orqali ishlatishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tahlil qilish va modellashtirish vositalari asosida shakllantiriluvchi, personallashtirilgan kommunikatsiyalarga oʻtishga yordam beradi.
Xarajatlarni yana-da samarali boshqarish, funksional-qiymat tahlilining modelini joriy etish va regulyativ kapitalni samarali taqsimlash hisobiga biznes samaradorligi sezilarli darajada oshiriladi.
2021-yil oxiriga kelib, Bank oʻzining jami aktivlarini 8,9 trln soʻmgacha, majburiyatlarini 7,8 trln soʻmgacha va jami kapitalini 1,1 trln soʻmgacha koʻpaytirishni rejalashtirmoqda. 2021-yilda Bankning yalpi daromadi (filiallararo operatsiyalardan olinadigan daromadlarni hisobga olmaganda) 1 327,7 milliard soʻm darajasida, Bankning xarajatlari (filiallararo operatsiyalardan olinadigan daromadlardan tashqari) 1 144,3 milliard soʻm darajasida rejalashtirilgan. Daromad oʻsishiga biznesning barcha strategik yoʻnalishlarini muntazam rivojlantirish orqali erishiladi.
Korporativ biznes
Bank korporativ mijozlarni shartli ravishda ikkita asosiy segmentga ajratadi:
- yirik korporativ mijozlar;
- kichik biznes vakillari.
Yirik biznes segmenti eng talabchan mijozlardan iborat boʻlib, ular bir nechta banklar xizmatidan foydalanishni afzal koʻrishadi, katta mablagʻlarga ega boʻlishadi va moliyaviy xizmatlarning toʻliq spektridan foydalanishadi. Ushbu mijozlar toʻlovlarni amalga oshirishda va kredit berishda operativlikni, shuningdek, murakkab moliyaviy vositalarni oʻz ichiga olgan kompleks mahsulotlarni talab qilishadi. Ular, mijoz ishlaydigan sohaning oʻziga xos xususiyatlarini biladigan yuqori malakali bank xodimlari bilan ishlashni afzal koʻrishadi.
Bank ushbu segmentdagi mijozlarga xizmat koʻrsatishni individual moliyaviy yechimlarni taklif qilish orqali rivojlantirishni rejalashtirmoqda. Bank qisqa muddatli kreditlash, savdoni moliyalashtirish, valyuta operatsiyalari va likvidlikni boshqarish mahsulotlari sohasida mahsulot qatorini kengaytiradi. Shu bilan birga, xizmat koʻrsatish, ayniqsa kreditlash xizmatlarini koʻrsatish tezligini oshirish muhim hisoblanadi. Bank mijoz menejerlari bilan mijozning vakillari oʻrtasida oʻzaro tezkor aloqalar mexanizmini yaratadi.
Maqbul daromad darajasini taʼminlab turishi tufayli kichik biznes segmenti Bank uchun ahamiyatli hisoblanadi, shu bilan birga, mijozlar bazasini samarali diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Iqtisodiy islohotlar va davlat tomonidan kichik va oʻrta biznes korxonalarning faol qoʻllab-quvvatlanishi tufayli, Bankning potensial mijozlari soni yuqori surʼatlar bilan oʻsib bormoqda. 2021-yilda ushbu segment mijozlariga xizmat koʻrsatish siyosati mijozlarga masofaviy yoki raqamli kanallar orqali xizmat koʻrsatishni rivojlantirishdan iborat boʻladi, bu yerda ularga oʻz bizneslarining moliyaviy ahvolini nazorat qilish va boshqarish uchun qulay yechimlar taqdim etiladi. Raqamli kanalni yana-da rivojlantirish mijoz menejerlarining ishini osonlashtiradi va, sohaga oid xususiyatlarni hisobga olgan holda, personallashtirilgan xizmatlarning yangi toʻplamlarini joriy etish imkoniyatlarini ochadi.
Mijozlar bazasini shakllantirishda asosiy eʼtibor hisob-varaqlarida yirik pul mablagʻlari boʻlgan va shu mablagʻlarining turgʻunlik darajasi yaxshi boʻlgan mijozlarga qaratiladi. Bu yuridik shaxslarning hisob-varaqlaridagi qoldiqlarni 2021-yil oxiriga qadar 2,5 trln soʻmgacha (shu jumladan, chet el valyutasida) oshirish imkonini beradi.
Prognozlarga koʻra, korporativ mijozlarning milliy valyutadagi hisob-varaqlariga xizmat koʻrsatish kamida 64,8 milliard soʻm miqdorida komissiya daromadi, chet el valyutasidagi hisob-varaqlarga xizmat koʻrsatish va tashqi iqtisodiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha xizmatlar esa 165,0 milliard soʻm miqdorida daromad keltiradi.
Resurs bazasining barqarorligini taʼminlash uchun yuridik shaxslarning muddatli depozitlarini jalb qilishga alohida eʼtibor beriladi. 2021-yil oxiriga qadar, ularning qoldiqlarini 1160,1 milliard soʻmga (shu jumladan chet el valyutasida) yetkazish rejalashtirilgan, bunda ularning foizlar boʻyicha xarajatlari 98,3 milliardni tashkil etadi.
Jalb qilingan mablagʻlar Bank faol operatsiyalarini, yaʼni kredit berishni moliyalashtirishning asosiy manbai boʻladi. 2021-yilda kredit portfelini 5,9 trln soʻmgacha oshirish rejalashtirilgan, shundan 3,2 trln soʻmlik kreditlar milliy valyutada va 2,7 trln soʻm ekvivalentida chet el valyutasidagi kreditlardir.
2020-yil davomida kichik va oʻrta biznesni kreditlash alohida yoʻnalish sifatida ajratildi. 2020-yilgi haqiqiy moliyaviy natijalar ushbu qadam toʻgʻri qabul qilinganligini koʻrsatdi. Shuningdek, kredit ajratish jarayonlarini optimallashtirish, daromadlilik darajasi va muammoli aktivlar ulushining kichikligi ham buni tasdiqladi. 2021-yilda Kichik kreditlash portfeli boʻyicha kreditlar qoldigʻini 0,8 trln soʻmgacha yetkazish prognoz qilinmoqda.
2021-yilda Bank savdoni moliyalashtirish sohasida oʻz ishini kuchaytiradi. Ushbu yoʻnalishdagi faol operatsiyalar kichik xatarli toifadagi guruhga kiradi va barqaror daromadlilik manbai hisoblanadi. Ushbu sohaga yangi mablagʻlarni jalb qilish va joylashtirish portfelini 0,9 trln soʻmga yetkazish rejalashtirilmoqda.
Chakana biznes
Chakana biznesni rivojlantirish, xususan chakana kreditlarni berish, kredit portfelining ustuvor yoʻnalishi va sezilarli darajadagi diversifikatsiyasi hisoblanadi. 2021-yilda chakana kredit portfelining qoldigʻi 1,8 trln soʻmgacha prognoz qilinmoqda. Prognoz qilinayotgan kreditlar hajmi va foiz stavkalarini hisobga olgan holda, Bank 2021-yilda kredit berishdan 764,8 milliard soʻm miqdorida daromad olishni rejalashtirmoqda.
Chakana mijozlar uchun 24/7 tartibida xizmatlardan foydalanish imkoniyati, bank bilan oʻzaro munosabatlarning tezkorligi va individual yondashuv muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aholi moliyaviy jihatdan savodli boʻlib, bank xodimlari bilan bevosita aloqasiz masofaviy kanallardan foydalanishni afzal koʻrmoqda.
Ushbu maqsadga erishish uchun Bank 2020-yilda ishonchli qadam tashladi va yangi filial — “Raqamli Bank” ni yaratdi. 2020-yilgi eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri — ishga tushirilgan yangi “Apelsin” mobil ilovasi ushbu filial bazasida oʻz rivojlanishini davom ettiradi.
2021-yilda chakana biznesni rivojlantirish uchun bank quyidagilarni bajarishi lozim:
- muntazam toʻlovlar, mablagʻlarni oʻtkazish, tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovlar, mablagʻ jamgʻarish va mikrokreditlar kabi oddiy operatsiyalarni qulay, tezkor va foydali qilish. Buning uchun ish haqi loyihalari, shaxsiy hisob-varaqlar oʻrtasida mablagʻlar oʻtkazish, overdraft va moliyaviy aktivlar bilan taʼminlangan kredit liniyalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Omonat mahsulotlarini rivojlantirish va mijozlarni identifikatsiyalashning yangi uslublarini amaliyotga joriy etgan holda, plastik kartalardan foydalanishni ommalashtirish zarur.
- mijozlar bilan uzoq muddatli va yaqin munosabatlarni oʻrnatish. Ushbu vazifani hal qilish uchun mijozlarning ehtiyojlarini tushunish va har bir mijoz segmentiga individual yondashuvni topish muhimdir. Bank, mustaqil mahsulotlarga qaraganda, jozibadorroq boʻlgan mahsulot toʻplamlarini ishlab chiqadi. Bunday toʻplamlarni tuzish uchun bank mijozlar haqidagi maʼlumotlarini yigʻish, saqlash va tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.
2021-yilda Bank jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish orqali 170,0 mlrd soʻm miqdorida daromad olishi kutilmoqda. Bunda plastik kartochkalardan foydalangan holda koʻrsatiladigan xizmatlardan (kartalarni chiqarish, tranzaksiyalar boʻyicha ishlash, toʻlovlarni qabul qilish va bankomatlardan naqd pul berishdan olinadigan daromadlar) daromadlar 142,7 mlrd soʻmni tashkil etadi. Chakana biznes boʻlimlarida (pul oʻtkazmalari, hisob-varaqlardagi mablagʻlarni oʻtkazish, naqd pul berish) koʻrsatiladigan xizmatlardan olinadigan daromadlar 27,2 milliard soʻmga yetishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, chakana mijozlar Bank uchun strategik mijozlar hisoblanadi, chunki ularning mablagʻlari Bank resurs bazasining asosiy qismini tashkil etadi. 2021-yilda jismoniy shaxslarning depozitlari boʻyicha qoldiqlarni 3,6 trln soʻm darajasiga yetkazish rejalashtirilgan, shundan muddatli depozitlar 2,9 trln soʻm. Omonatlar boʻyicha amaldagi oʻrtacha stavkalarni, yaʼni chet el valyutasidagi depozitlar boʻyicha 4 foizni va milliy valyutadagi depozitlar boʻyicha 17 foizni hisobga olgan holda, ham milliy valyutadagi, ham chet el valyutasidagi qoldiqlarning bosqichma-bosqich oʻsishi kutilmoqda.
Bank xarajatlari va moliyaviy natija
2021-yil uchun foizlar boʻyicha xarajatlari prognozi (filiallararo depozitlar boʻyicha foizlarni hisobga olmaganda) 424,3 mlrd soʻmni tashkil qiladi. 2021-yilda foizsiz xarajatlar 191,8 mlrd darajasida rejalashtirilgan. 2021-yilda komissiya daromadlari, shuningdek, ayirboshlash va konversion operatsiyalardagi kurslar farqlari koʻrinishidagi daromadlarning oshishi hisobiga oʻsish kutilmoqda.
2021-yilga moʻljallangan operatsion xarajatlar prognozi 385,1 mlrd soʻmdir. Operatsion xarajatlarning oʻsishiga taʼsir qiladigan asosiy xarajat moddalari quyidagilardir:
- Xodimlar uchun ish haqi va boshqa toʻlovlar koʻrinishidagi xarajatlar;
- Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi;
- Maʼmuriy xarajatlar, reklama kampaniyalari, soliqlar, yuridik, konsalting, auditorlik, sugʻurta xizmatlari va boshqa operatsion xarajatlar.
Yuqorida tavsiflangan tendensiyalar va prognozlarni hisobga olgan holda, 2021-yil uchun Bankning sof foydasi kamida 183,4 mlrd soʻm darajasida prognoz qilinmoqda. Bunda aktivlarning rentabelligi (ROA) 2,3% ni, jami kapital rentabelligi (ROE) esa 18,3% ni va operatsion samaradorlik koeffitsiyenti (CIR) — 47,2% ni tashkil etadi.
|
|
2021 |
|
ming soʻmda |
Reja |
Fakt |
Bajarish foizi |
Aktivlar |
9 129 623 580 |
15 623 175 330 |
171% |
Majburiyatlar |
8 005 025 169 |
14 134 436 582 |
177% |
Kapital |
1 124 598 411 |
1 488 738 748 |
132% |
Yalpi daromad |
1 889 758 864 |
2 646 545 012 |
140% |
Sof foyda |
210 330 761 |
356 250 130 |
169% |
2020 yil
Bankning maqsadi – O’zbekistonning butun hududi bo’yicha barcha turdagi moliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi, zamonaviy, innovatsion va dinamik rivojlanayotgan bankining o’rnini ushlab qolish va yanada mustahkamlash.
Bu maqsadga erishish uchun Bank e’tiborini quyidagi vazifalarni yechishga qaratadi:
- zamonaviy bank texnologiyalarini joriy qilish;
- biznes jarayonlarni optimallashtirish, bir vaqtning o’zida ishlab chiqarishga xarajatlarni kamaytirgan holda xizmat ko’rsatish sifati va tezligini oshirish hisobiga samaradorlik ko’rsatkichlarini oshirish;
- har bir mijozning individual o’ziga xosliklariga yo’nalgan holda, barcha turdagi xizmatlarni taqdim qilishga asoslangan mijoz bazasini kengaytirish;
- xavflarni boshqarish tizimini mukammallashtirish;
- xodimlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish.
Bankning rivojlanish prognozlari
2020-yilda Bank yangi avtomatlashtirilgan bank tizimi va uning ishlashi uchun uskunalarni joriy etish bo’yicha ishlarni yakunlashni rejalashtirmoqda. Mazkur qadam respublikada o’xshashiga ega bo’lmagan yangi interfaol xizmatlarni joriy etish va mijozlarga tez va kun-u tun xizmat qilishni ta’minlaydi. Dastur ishga tushirilganidan so’ng aksariyat biznes-jarayonlar avtomatlashtiriladi. Shuningdek, bu dastur Bankni kompleks boshqarishning yangi metodlarini joriy qilish imkonini beruvchi tahlil va hisobot uchun kuchli vositalarga ega. Xarajatlarni samaraliroq boshqarish, funksional-qiymat tahlili modelining amalga oshirilishi, shuningdek mahsulot va mijozlar bo’yicha rostlovchi kapitalni samarali taqsimlash orqali biznesning mahsuldorligi sezilarli darajada oshiriladi.
Bunday salohiyat bilan, 2020-yilning yakunida barcha aktivlarni 6,6 trln. so’mgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Kapital va likvidlikning yetarli ko’rsatkichlarini mustahkamlash zaruriyati tufayli 2020-yilda Bank tomonidan xavf aktivlarini agressiv o’stirish rejalashtirilmoqda. Aktiv operatsiyalarning o’tkazilishi vositalarning ko’proq daromad keltiruvchi mahsulotlarga joylashtirilishi bilan mavjud aktivlarni so’ndirish doirasida amalga oshiriladi.
Bankning yalpi daromadi (filiallararo operatsiyalardan olingan daromadlarni hisobga olmaganda) 2020-yilda 909,2 mlrd. so’m darajasida rejalashtirilgan. Daromadlarning o’sishiga biznesning barcha: korporativ, tijoriy va chakana strategik yo’nalishlarini reja asosida rivojlantirish hisobiga erishiladi.
Korporativ va tijoriy biznes
Korporativ mijozlarni Bank shartli ravishda 2 asosiy segmentga ajratadi: yirik biznes va kichik biznes.
Yirik biznes segmentini bir nechta banklarda xizmat ko’rsatilishini ma’qul ko’ruvchi, yirik pul vositalariga ega, barcha turdagi moliya xizmatlaridan foydalanuvchi, eng talabchan mijozlar tashkil qiladi. Bunday mijozlar to’lovlarni amalga oshirish va kredit berilishida tezkorlikni, shuningdek murakkab moliyaviy vositalarni o’z ichiga oluvchi kompleks mahsulotlar talab qiladi. Ular bankning mijoz ishlayotgan sohaning o’ziga xosliklarini biluvchi yuqori malakali xodimlari bilan ishlashni ma’qul ko’rishadi.
Bank ushbu segmentdagi mijozlarga xizmat ko’rsatilishini individual moliyaviy yechimlar taklif qilish orqali rivojlantirishni reja qilgan. Bank qisqa muddatli kreditlash, savdoni moliyalashtirish, valyuta operatsiyalari va likvidlikni boshqarish mahsulotlari sohasida mahsulotlar qatorini kengaytirib boradi. Shu bilan birga, xizmat ko’rsatish tezligini oshirish muhim, ayniqsa kreditlash sohasida. Bank tomonidan mijoz menedjerlarining mijoz vakillari bilan o’zaro tezkor ish yuritish mexanizmlari yaratiladi.
Kichik biznes segmenti bank uchun katta qiziqish hosil qiladi, chunki daromadlilikning maqbul darajasini ta’minlaydi, shu bilan birga mijozlar bazasini samarali diversifikatsiyalash imkonini beradi. Iqtisodiy reformalar va davlat tomonidan kichik biznes korxonalarini faol qo’llab-quvvatlanishi tufayli Bankning potensial mijozlar soni jadal o’smoqda. 2020-yilda mazkur segmentda mijozlarga xizmat ko’rsatish siyosati mijozlarni masofadan va raqamli kanallarda xizmat ko’rsatishga o’tkazishga qaratiladi, bu yerda biznes moliyasini nazorat qilish va boshqarish uchun qulay yechim taqdim etiladi. Raqamli kanallarga ko’chirish mijoz menedjerlariga yuklanishni kamaytiradi va sohaviy o’ziga xosliklarni hisobga olib, yangi shaxsiy xizmatlar paketini joriy qilish uchun imkoniyatlar ochib beradi.
Mijozlar bazasi o’sib borishi bilan yirik qoldiqli va yaxshi ishlangan mijozlarga e’tibor qaratiladi. Bu 2020-yil yakunida yuridik shaxslarning hisoblarida qoldiqni 2,5 trln. so’mgacha oshirish imkonini beradi (shu jumladan, xorijiy valyutada).
Korporativ mijozlarning milliy valyutadagi hisoblariga xizmat ko’rsatish, prognozlarga ko’ra, kamida 65,6 mlrd. so’m, mijozlarning xorijiy valyutadagi hisoblariga xizmat ko’rsatish va tashqi iqtisodiy faoliyatni yuritish bo’yicha xizmat ko’rsatish esa 126,4 mlrd. so’m miqdorda komissiya daromadini keltiradi.
Resurs bazasining turg’unligini qo’llab-quvvatlash maqsadida yuridik shaxslarning muddatli depozitlarini jalb qilishga alohida e’tibor qaratiladi. 2020-yilning yakunida ularning qoldig’ini 387,8 mlrd. so’mgacha yetkazish rejalashtirilmoqda (shu jumladan xorijiy valyutada), ularning foiz xarajati 52,8 mlrd. so’m ni tashkil etadi.
Jalb qilingan vositalar Bankning faol operatsiyalarini, aynan kreditlashning asosiy manbai hisoblanadi. 2020-yilda kredit portfelini 4,1 trln. so’mgacha oshirish rejalashtirilmoqda, ulardan 2,1 trln. so’mi milliy valyutadagi kreditlar va 2,0 trln. so’mi so’m ekvivalentda xorijiy valyutadagi kreditlarga to’g’ri keladi.
Chakana biznes va chakana kreditlashni rivojlantirish nisbatan yuqori daromadlilik va kredit portfelining sezilarli darajada diversifikatsiyasi tufayli istiqbolli yo’nalish hisoblanadi. 2020-yilda chakana kredit portfelning qoldig’i 1,4 trln. so’m bo’lishi prognoz qilinmoqda.
Prognoz qilinayotgan chiqarish hajmi va foiz stavkalarini e’tiborga olib, bank kreditlashdan 2020-yilda 567,6 mlrd. so’m miqdorda daromad olish niyatida.
Chakana biznes
Chakana mijozlar uchun 24/7 rejimidagi xizmat, bank bilan yuqori tezlikda ishlash va individual yondashuv o’ta muhim bo’lmoqda. Aholining moliyaviy savodxonligi tobora oshmoqda va ular bank xodimlari bilan bevosita muloqotsiz masofaviy kanallardan foydalanishni ma’qul ko’rmoqda.
Chakana biznesni rivojlantirish uchun 2020-yilda bank:
- doimiy to’lovlar, vositalarning o’tkazilishi, tovar va xizmatlar uchun to’lovni amalga oshirish, vositalarni jamg’arish va mikroqarzlar kabi oddiy operatsiyalarni qulay, tez va foydali qilishi. Jamg’armalar uchun mahsulotlarni rivojlantirish va mijozlar identifikatsiyasining yangi metodlarini joriy qilgan holda plastik kartalardan foydalanishni ommalashtirish zarur.
- mijozlar bilan uzoq muddatli va yaqin aloqalarni qurishi kerak. Bu vazifani yechish uchun mijozlarning ehtiyojlarini tushunish va har bir mijoz segmentiga individual yondashuv topish muhim. Bank mustaqil mahsulotlarga qaraganda jozibali bo’lgan mahsulot paketlarini ishlab chiqadi. Bunday paketlarni tuzish uchun bank mijozlar haqida ma’lumotlarni to’plash, saqlash va tahlil qilish bo’yicha o’z imkoniyatlarini kengaytiradi.
2020-yilda jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatishdan Bank 82,4 mlrd. so’m miqdorida daromad olishi kutilmoqda. Shu bilan birga, plastik kartalardan foydalanishda ko’rsatiladigan xizmatlardan (kartalarning emissiyasi, tranzaksiyalarni qayta ishlash, to’lovlarni qabul qilish) olinadigan daromad 56,6 mlrd. so’mni tashkil qiladi. Chakana biznes bo’limlarida ko’rsatiladigan xizmatlardan (pul ko’chirish, hisob raqamlardan vositalarni ko’chirish, naqd vositalarini berish) 25,8 mlrd. so’m darajasidagi daromad kutilmoqda.
Bundan tashqari, chakana mijozlar bank uchun strategik mijozlar hisoblanadi, chunki ularning vositalari bank resurs bazasining 40% ni shakllantiradi. 2020-yilda jismoniy shaxslarning depozitlaridagi qoldiqni 2,3 trln. so’mgacha yetkazish rejalashtirilmoqda, ulardan muddatli omonat 1,9 trln. so’mni tashkil etadi. Omonatlar bo’yicha joriy o’rtacha stavkalarni hisobga olib, aynan xorijiy valyutadagi omonatlar bo’yicha 4% va milliy valyutadagi omonatlar bo’yicha 18%, ham milliy valyutada, ham xorijiy valyutada qoldiqlarning tobora oshirilishi kutilmoqda.
Bankning xarajatlari va moliyaviy natija
2020-yilda foiz xarajatlarning prognozi (filiallararo depozitlar bo’yicha foizlarni hisobga olmasdan) 295 mlrd. so’mni tashkil etadi. Foiz xarajatlarning o’sishi bozorda moliyaviy resurslarga stavkalarning oshishi bilan bog’liq, bu Markaziy Bankning pul-kredit siyosatini keskinlashtirish oqibati hisoblanadi. Bundan tashqari, Markaziy bankning uzoq muddatli resurs bazasiga talablari o’sdi, ularni bajarish uchun Bankka bir yildan ortiq muddatga qo’shimcha muddatli depozitlarni jalb qilish talab etiladi, ular “qisqa” resurslarga nisbatan qimmat hisoblanadi.
2020-yilda foizsiz xarajatlar 83,3 mlrd. so’m darajasida rejalashtirilgan. 2020-yilda komissiya daromadlari, shuningdek spot va konversiya operatsiyalarini amalga oshirishda kurs farqi ko’rinishidagi daromadlarning ortishi bilan bog’liq o’sish kutilmoqda.
2020-yilda operatsiya xarajatlarining prognozi 316 mlrd. so’mni tashkil etadi. Operatsiya xarajatlarining o’sishiga ta’sir qiluvchi asosiy xarajat qismlari quyidagilar hisoblanadi:
- xodimlarning ish haqi va boshqa to'lovlar bo'yicha xarajatlari;
- omonatni kafolatlash jamg’armasiga badallar. Aholining omonatlarini yanada jalb qilish bilan, bank qonunchilik talablariga muvofiq omonatlarni kafolatlash jamg’armasiga badallarni oshiradi.
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishi. 2020-yilda server uskunasi foydalanishga topshiriladi, bu eskirish va amortizatsiya bo’yicha xarajatlarni oshiradi.
- ma’muriy xarajatlar, soliqlar, yuridik, konsalting, audit, sug’urta xizmatlari va boshqa operatsiya xarajatlari.
Yuqorida keltirilgan tendensiya va prognozlarni hisobga olgan holda, 2020-yil uchun Bankning sof foydasi kamida 120,7 mlrd. so’m darajasida prognoz qilinmoqda. Shu bilan birga aktivlarning rentabelligi 2,0%, jami kapitalning rentabelligi esa 17,2% ni tashkil qiladi.
|
|
2020 |
|
ming soʻmda |
Reja |
Fakt |
Bajarish foizi |
Aktivlar |
6 623 781 754 |
7 291 395 093 |
110% |
Majburiyatlar |
5 850 296 483 |
6 424 530 209 |
110% |
Kapital |
773 485 270 |
866 864 884 |
112% |
Yalpi daromad |
1 354 650 334 |
1 500 596 078 |
111% |
Sof foyda |
120 672 709 |
135 617 047 |
112% |
2019 yil
Bankning maqsadi – butun mamlakat hududi boʻylab keng doiradagi moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi, Oʻzbekistondagi zamonaviy, innovatsion va izchil rivojlanib borayotgan bankning oʻrnini saqlab qolish va yanada kuchaytirishdan iborat.
Mazkur maqsadga erishish uchun bank oʻz eʼtiborini quyidagi vazifalarni hal etishga qaratadi:
- zamonaviy bank texnologiyalarini joriy etish;
- biznes jarayonlarni optimallashtirish, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirgan holda xizmat koʻrsatish sifati va tezkorligini yaxshilash hisobiga samaradorlik koʻrsatkichlarini oshirish;
- har bir mijozning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda toʻliq xizmatlar doirasini taqdim etishga asoslangan mijozlar bazasini kengaytirish;
- tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini takomillashtirish;
- xodimlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish.
Mazkur salohiyat holatida 2019 yilning yakuniga qadar jami aktivlar miqdorini 5,7 trln. soʻm yoki 19 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Bunda bankning 2019 yilgi majburiyatlarining oshishi 19 foiz darajasida, jami kapital oshishi 17 foiz darajasida rejalashtirilgan.
Bankning jami daromadi 2019 yilda (filiallar oʻrtasidagi operatsiyalar chegirilgan holda) 792,6 mlrd. soʻm darajasida rejalashtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2018 yilgi koʻrsatkichdan 30 foizga yuqori. Daromadlar oʻsishiga biznesning korporativ va chakana kabi asosiy strategik yoʻnalishlarini bir maromda rivojlantirish hisobiga erishiladi.
Bank korporativ mijozlarni shartli ravishda 2 asosiy segmentga ajratadi: yirik biznes va kichik biznes.
Yirik biznes segmenti mijozlariga xizmat koʻrsatishni rivojlantirishni bank yakka tartibdagi moliyaviy yechimlarni taklif etish orqali rejalashtirmoqda. Bank qisqa muddatli kreditlash, savdoga oid moliyalashtirish, valyuta operatsiyalari va likvidlikni boshqarish mahsulotlari sohasidagi mahsulotlar qatorini kengaytiradi. Bunda, ayniqsa, kreditlash qismida xizmatlar koʻrsatish tezkorligini oshirish muhim. Bank tomonidan mijoz menejerlarining mijoz vakillari bilan tezkor oʻzaro hamkorlik qilish mexanizmlari yaratiladi.
Kichik biznes segmenti bank uchun sezilarli ahamiyatga ega, chunki ushbu segment daromadlilikning tegishli darajasini taʼminlab beradi hamda mijozlar bazasini samarali diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Iqtisodiy islohotlar va davlat tomonidan kichik biznesning faol qoʻllab-quvvatlanishi munosabati bilan bankning potensial mijozlari soni izchil ortib bormoqda. 2019 yilda mazkur segment mijozlariga xizmat koʻrsatish siyosati mijozlarni masofaviy va raqamli xizmat koʻrsatish kanallariga oʻtkazishga yoʻnaltiriladi, u yerda mijozlarga oʻz biznesi moliyalarini boshqarish va nazorat qilish uchun qulay yechim taqdim etiladi. Mijozlarni raqamli kanallarga oʻtkazish mijozlar menejerlari ishini kamaytirib, tarmoqqa oid xususiyatlarni hisobga olgan holda personallashtirilgan xizmatlarning yangi paketlarini joriy etish uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Chakana biznesni rivojlantirish uchun 2019 yilda bank quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
- 2019 yilda chakana biznesni rivojlantirish uchun bank muntazam toʻlovlar, mablagʻlarni oʻtkazish, tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovlar amalga oshirish, mablagʻlarni jamgʻarib borish va mikroqarz kabi oddiy operatsiyalarni qulay, tezkor va foydali qilishi lozim. Buni amalga oshirish uchun ish haqi loyihalariga, jismoniy shaxslar hisob raqamlari oʻrtasida mablagʻlarni oʻtkazishga, overdraftlarga va moliyaviy aktivlar garovga qoʻyilgan holda berilgan kredit liniyalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Mijozlarni identifikatsiya qilishning yangi usullarini joriy etgan holda jamgʻarmalar uchun mahsulotlarni rivojlantirib borish va plastik kartalardan foydalanishni ommalashtirish lozim.
- Mijozlar bilan uzoq muddatli va yaqin munosabatlar oʻrnatish kerak. Ushbu vazifani hal etish uchun mijozlarning talablarini anglab yetish va har bir mijoz segmentiga yakka tartibdagi munosabat oʻrnatish lozim. Bank mahsulotlar paketlarini ishlab chiqib, ular mustaqil mahsulotlardan farqli ravishda jozibador boʻladi. Ushbu paketlarni tuzish uchun bank mijozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va tahlil qilish boʻyicha oʻz imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yuqorida keltirilgan tendensiya va prognozlarni hisobga olgan holda, 2019 yilda bankning sof foydasi kamida 83 mlrd. soʻm darajasida prognozlashtirilmoqda. Bunda aktivlar rentabelligi 1,6 foizni, jami kapital rentabelligi esa 16 foizni tashkil etadi.
|
|
2019 |
|
ming soʻmda |
Reja |
Fakt |
Bajarish foizi |
Aktivlar |
5 722 942 456 |
5 482 808 304 |
96% |
Majburiyatlar |
5 150 920 070 |
4 829 907 672 |
94% |
Kapital |
572 022 386 |
652 900 631 |
114% |
Yalpi daromad |
932 458 755 |
1 050 626 905 |
113% |
Sof foyda |
83 320 555 |
113 487 052 |
136% |
2018 yil
Bankning maqsadi – butun mamlakat hududi boʻylab keng doiradagi moliyaviy xizmatlar koʻrsatuvchi, Oʻzbekistondagi zamonaviy, innovatsion va izchil rivojlanib borayotgan bankning oʻrnini saqlab qolish va yanada kuchaytirishdan iborat.
Mazkur maqsadga erishish uchun bank oʻz eʼtiborini quyidagi vazifalarni hal etishga qaratadi:
- zamonaviy bank texnologiyalarini joriy etish;
- biznes jarayonlarni optimallashtirish, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirgan holda xizmat koʻrsatish sifati va tezkorligini yaxshilash hisobiga samaradorlik koʻrsatkichlarini oshirish;
- har bir mijozning oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda toʻliq xizmatlar doirasini taqdim etishga asoslangan mijozlar bazasini kengaytirish;
- tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini takomillashtirish;
- xodimlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish.
Mazkur salohiyat holatida 2019 yilning yakuniga qadar jami aktivlar miqdorini 5,7 trln. soʻm yoki 19 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Bunda bankning 2019 yilgi majburiyatlarining oshishi 19 foiz darajasida, jami kapital oshishi 17 foiz darajasida rejalashtirilgan.
Bankning jami daromadi 2019 yilda (filiallar oʻrtasidagi operatsiyalar chegirilgan holda) 792,6 mlrd. soʻm darajasida rejalashtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2018 yilgi koʻrsatkichdan 30 foizga yuqori. Daromadlar oʻsishiga biznesning korporativ va chakana kabi asosiy strategik yoʻnalishlarini bir maromda rivojlantirish hisobiga erishiladi.
Bank korporativ mijozlarni shartli ravishda 2 asosiy segmentga ajratadi: yirik biznes va kichik biznes.
Yirik biznes segmenti mijozlariga xizmat koʻrsatishni rivojlantirishni bank yakka tartibdagi moliyaviy yechimlarni taklif etish orqali rejalashtirmoqda. Bank qisqa muddatli kreditlash, savdoga oid moliyalashtirish, valyuta operatsiyalari va likvidlikni boshqarish mahsulotlari sohasidagi mahsulotlar qatorini kengaytiradi. Bunda, ayniqsa, kreditlash qismida xizmatlar koʻrsatish tezkorligini oshirish muhim. Bank tomonidan mijoz menejerlarining mijoz vakillari bilan tezkor oʻzaro hamkorlik qilish mexanizmlari yaratiladi.
Kichik biznes segmenti bank uchun sezilarli ahamiyatga ega, chunki ushbu segment daromadlilikning tegishli darajasini taʼminlab beradi hamda mijozlar bazasini samarali diversifikatsiya qilish imkonini beradi. Iqtisodiy islohotlar va davlat tomonidan kichik biznesning faol qoʻllab-quvvatlanishi munosabati bilan bankning potensial mijozlari soni izchil ortib bormoqda. 2019 yilda mazkur segment mijozlariga xizmat koʻrsatish siyosati mijozlarni masofaviy va raqamli xizmat koʻrsatish kanallariga oʻtkazishga yoʻnaltiriladi, u yerda mijozlarga oʻz biznesi moliyalarini boshqarish va nazorat qilish uchun qulay yechim taqdim etiladi. Mijozlarni raqamli kanallarga oʻtkazish mijozlar menejerlari ishini kamaytirib, tarmoqqa oid xususiyatlarni hisobga olgan holda personallashtirilgan xizmatlarning yangi paketlarini joriy etish uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi.
Chakana biznesni rivojlantirish uchun 2019 yilda bank quyidagilarni amalga oshirishi kerak:
- 2019 yilda chakana biznesni rivojlantirish uchun bank muntazam toʻlovlar, mablagʻlarni oʻtkazish, tovarlar va xizmatlar uchun toʻlovlar amalga oshirish, mablagʻlarni jamgʻarib borish va mikroqarz kabi oddiy operatsiyalarni qulay, tezkor va foydali qilishi lozim. Buni amalga oshirish uchun ish haqi loyihalariga, jismoniy shaxslar hisob raqamlari oʻrtasida mablagʻlarni oʻtkazishga, overdraftlarga va moliyaviy aktivlar garovga qoʻyilgan holda berilgan kredit liniyalariga alohida eʼtibor qaratiladi. Mijozlarni identifikatsiya qilishning yangi usullarini joriy etgan holda jamgʻarmalar uchun mahsulotlarni rivojlantirib borish va plastik kartalardan foydalanishni ommalashtirish lozim.
- Mijozlar bilan uzoq muddatli va yaqin munosabatlar oʻrnatish kerak. Ushbu vazifani hal etish uchun mijozlarning talablarini anglab yetish va har bir mijoz segmentiga yakka tartibdagi munosabat oʻrnatish lozim. Bank mahsulotlar paketlarini ishlab chiqib, ular mustaqil mahsulotlardan farqli ravishda jozibador boʻladi. Ushbu paketlarni tuzish uchun bank mijozlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish, saqlash va tahlil qilish boʻyicha oʻz imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yuqorida keltirilgan tendensiya va prognozlarni hisobga olgan holda, 2019 yilda bankning sof foydasi kamida 83 mlrd. soʻm darajasida prognozlashtirilmoqda. Bunda aktivlar rentabelligi 1,6 foizni, jami kapital rentabelligi esa 16 foizni tashkil etadi.
|
|
2019 |
|
ming soʻmda |
Reja |
Fakt |
Bajarish foizi |
Aktivlar |
5 722 942 456 |
5 482 808 304 |
96% |
Majburiyatlar |
5 150 920 070 |
4 829 907 672 |
94% |
Kapital |
572 022 386 |
652 900 631 |
114% |
Yalpi daromad |
932 458 755 |
1 050 626 905 |
113% |
Sof foyda |
83 320 555 |
113 487 052 |
136% |