- Xususiy mijozlar
- Bank haqida
- Korporativ boshqaruv
- Bank Boshqaruvi
Bank Boshqaruvi
Gulyamov Rasuljan Taxirovich, 1970 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1995-yilda Toshkent Davlat Universitetining “Xalqaro iqtisod” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 2001 yilda Buyuk Britaniyaning Exeter universitetini Xalqaro menejment mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. O’zining mehnat faoliyatini 1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tizimida boshlagan. Va 2005 yildan 2017 yilgacha Rossiya Federatsiyasi “Asia Invest Bank” Boshqaruvi Raisi lavozimida faoliyat ko’rsatgan. Shuningdek 2020 yildan “Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashi aʼzosi sifatida faoliyat ko’rsatgan. Va 2022-yil iyul oyidan hozirgacha Bank boshqaruvi Raisining O‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
- Banklararo to‘lov markazi departamenti;
- Korporativ biznes departamenti.
Ismoilov Sardor Samidullayevich 1987-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2007-yilda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti bakalavriatini va 2009-yilda ushbu ta'lim muassasasining "Iqtisodiyot" ixtisosligi bo'yicha magistratura bosqichini tamomlagan. U o'z faoliyatini 2005-yilda boshlagan. Bank tizimida 2010-yildan buyon ishlab kelmoqda. 2022-yil iyun oyidan “Kapitalbank” ATB Boshqaruvi Raisi O‘rinbosari lavozimida ish boshlagan.
- Loyiha ofisi;
- Axborot xavfsizligi departamenti;
- Axborot texnologiyalari departamenti;
- Raqamli filial.
Allayorova Dilrabo Normamatovna 1979-yilda Samarqand viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 2001-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini "Biznesni boshqarish" mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan va iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega. U o'z mehnat faoliyatini 1997-yilda bank tizimidan boshlagan va 2006-yildan beri "Kapitalbank" ATBda ishlaydi. 2019-yil iyun oyidan boshlab "Kapitalbank" ATBning bosh hisobchisi bo'lib faoliyat ko'rsatadi.
- Buxgalterlik hisobi va hisoboti departamenti;
- MHXS bo'yicha moliyaviy hisobotni moliyalashtirish.
Pachurin Vyacheslav Vladimirovich 1984-yilda tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 2005-yil Ichki ishlar vazirligi akademiyasini "Huquqshunos" mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. U o'z mehnat faoliyatini 2001-yildan boshlagan. "Kapitalbank" ATBda 2010-yildan beri ishlaydi. Hozirgi vaqtda yuridik xizmatlar departamenti direktori - Boshqaruv a'zosi hisoblanadi.
U bankning ichki normativ-huquqiy va boshqa hujjatlari loyihalarining qonun me'yorlariga muvofiqligini nazorat qiladi.
Bank filiallari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida huquqni muhofaza qilishni tashkil qiladi. Bankning shartnomaviy-huquqiy va da'vo ishlarini olib boradi, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini ishonchli himoya qiladi.
Tyan Konstantin Vladimirovich 1986-yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi Taxiatosh shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 2006-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini "Iqtisodiyot" mutaxassisligi bo'yicha tamomlagan. U o'z mehnat faoliyatini 2006-yildan boshlagan. Bank tizimida 2019-yildan beri ishlaydi, 2019-yil oktyabr oyidan boshlab Bank Boshqaruvi Raisining o'rinbosari hisoblanadi.
- G‘aznachilik departamenti.
Glushenko Aleksey Pavlovich 1974-yilda Orsk shahri Orenburg viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy, 1996-yilda Sankt-Peterburg moliya-iqtisodiy universitetini tamomlagan. U o'z mehnat faoliyatini 1994-yildan boshlagan, 1996-yildan bank tizimida, 2006-yil avgust oyidan boshlab "Kapitalbank" ATBda ishlagan. 2019-yil avgust oyidan esa Bank Boshqaruvi Raisining o'rinbosari sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
- Chakana kreditlash departamenti;
- Kassa operatsiyalari departamenti;
- Bank tarmog'ini rivojlantirish boshqarmasi;
- Biznesni texnik qo'llab-quvvatlash boshqarmasi;
- Bank filiallari.
- Korporativ kreditlash departamenti;
- Korporativ kreditlash monitoringi departamenti;
- Kichik kreditlash departamenti;
- Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish markazi;
- Korporativ kreditlash bo'yicha anderrayting boshqarmasi.
- Bank boshqaruvi apparati;
- Yuridik xizmat departamenti;
- Yakuniy nazorat departamenti;
- Kadrlar siyosati va xodimlar bilan ishlash departamenti;
- Marketing departamenti;
- Maʼmuriy departament.