- Xususiy mijozlar
- Korporativ mijozlarga
- Kreditlar
- Akkreditiv
Akkreditiv
Agar Siz xorijiy valyutada pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan holatda import tovarlarini tezkor sotib olish zarurati bo‘lgan faoliyat (shu jumladan, savdo) bilan shug‘ullansangiz, unda bizning Bankda akkreditiv ochish bo‘yicha bitim tuzish albatta Siz uchundir!
Akkreditiv shundan iboratki, bu bankning applikant (mijoz-xaridor) topshirig‘iga asosan kelishilgan valyutada tomonlar o‘rtasida belgilangan summani, belgilangan muddatda akkreditiv shartlarida ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim etilganidan keyin, benefitsiar (sotuvchi) foydasiga to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilgan pul majburiyatidir.
Dokumentar akkreditivlar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish mijozlarning tashqi savdo operatsiyalari kengayishiga, pul oqimlarining ko‘payishiga, xorijiy hamkorlar va ularning banklari bilan ishonchli munosabatlarning rivojlanishi va mustahkamlanishiga yordam beradi.
Bitim bo‘yicha asosiy shartlar:
- Amal qilish muddati - 360 kundan ortiq bo’lmagan;
- Foiz stavkasi – kelishuv bo‘yicha;
- Menejment uchun bir martalik komissiya – bank tariflariga muvofiq;
- Bitimni so‘ndirish bo‘yicha imtiyozli davr – akkreditiv ochilgan sanasidan boshlab 9 oydan ortiq emas;
- Akkreditivni muddatidan oldin so‘ndirish – yo‘l qo‘yiladi, muddatidan oldin so‘ndirish uchun jarima va komissiyalar olinmaydi;
- Garov ta’minoti – ko‘chmas mulk, avtotransport, depozitlar, maxsus texnika va Qonunchilikka muvofiq boshqa likvid mol-mulk;
- Aralash garov ham mumkin. Garov umumiy summaning 125% miqdorida diskont qo‘llanish bilan qabul qilinadi. Diskontning miqdori mol-mulkning turi va uning qiymatiga bog‘liq;
- Bitim bo‘yicha boshqa xarajatlar – xorijiy bank tariflariga binoan.
Ushbu moliyaviy bitim uni amalga oshirishda quyidagi bir qator afzalliklarni ko‘zda tutadi:
- to‘lov instrumenti ko‘rinishidagi xalqaro huquqiy ishonchlilik;
- qisqa muddatli sifatli moliyalashtirish vositasi;
- xorijiy yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni tezkor amalga oshirish imkoniyati;
- xizmat ko‘rsatish shartlarini belgilash va hamkorlikni tashkil etish vaqtida individuallik;
- tuzilgan bitim doirasida tomonlar o‘rtasidagi to‘lov qobiliyati va o‘zaro hisob-kitoblarning kafolatlari;
- applikant (xaridor) tomonidan to‘lamaslik xavfidan benefitsiar (sotuvchi) foydasiga himoya.
Dokumentar akkreditivni qanday ochish mumkin:
1 |
Maslahat
|
2 |
Hujjatlarni yig‘ish va akreditiv ochish bo‘yicha arizani rasmiylashtirish
|
3 |
Bank tomonidan o‘rnatilgan tartibda tavsiyanomani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish
|
4 |
Kredit shartnomasini tuzish va ta’minotni rasmiylashtirish
|
5 |
Kreditni olish
|