Kafolat

Ma’lumki, bank kafolati to‘lov va shartnoma majburiyatlarini ijro etish vaqtida ommabop instrument hisoblanadi. Bank kafolati shundan iboratki, u majburiyatlarni ijro etishni ta’minlash usullaridan biridir, unda bank (boshqa bir kredit muassasasi, yoki tijorat tashkiloti) (kafil) qarzdor (prinsipial) ning iltimosiga binoan kreditor (benefitsiar) ga u talab qo‘ygan vaqtda pul summasini to‘lash haqida yozma majburiyat beradi.


Bank kafolatining asosiy turlariga quyidagilar kiradi:

  • to‘lovga kafolat;
  • kontraktning lozim darajada bajarilishiga kafolat;
  • avans to‘lovining qaytarilish kafolati;
  • tender kafolati (taklif kafolati);
  • kreditlar bo‘yicha ta’minot kafolati;
  • bank bojxona kafolati;


Bitim bo‘yicha asosiy shartlar:

  • Amal qilish muddati -olinadigan Kafolat turiga muvofiq;
  • Foiz stavkasi – kelishuv bo‘yicha;
  • Menejment uchun bir martalik komissiya – bank tariflariga muvofiq;
  • Kafolatni muddatidan oldin so‘ndirish – yo‘l qo‘yiladi, muddatidan oldin so‘ndirish uchun jarima va komissiyalar olinmaydi;
  • Garov ta’minoti – ko‘chmas mulk, avtotransport, depozitlar, maxsus texnika va Qonunchilikka muvofiq boshqa likvid mol-mulk;
  • Aralash garov ham mumkin. Garov umumiy summaning 125% miqdorida diskont qo‘llanish bilan qabul qilinadi. Diskontning miqdori mol-mulkning turi va uning qiymatiga bog‘liq;

Bank Kafolatini qanday olish mumkin:

1 Maslahat
Joylashgan yeri bo‘yicha o‘zingizga qulay bo‘lgan Bank filialini tanlang va Bank mutaxassisi bilan uchrashuv haqida kelishib oling. Uchrashuv vaqtida Bank mutaxassisi    Kafolat olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ularning shakli va mazmuni bo‘yicha maslahatlar beradi hamda Sizning barcha savollaringizga javob beradi.
2 Hujjatlarni yig‘ish va Kafolat olish bo‘yicha arizani rasmiylashtirish
Zarur hujjatlarning to‘liq paketini yig‘ing. Bank mutaxassisi bilan uchrashuv vaqtida u bilan birgalikda Kafolat olish uchun ariza (tavsiyanoma) to‘ldiring va zarur hujjatlarning to‘liq paketini topshiring. Bank mutaxassisi Sizning Kafolat olish uchun arizangiz (tavsiyanomangiz) va taqdim etilgan hujjatlar paketini o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi.
3 Bank tomonidan o‘rnatilgan tartibda tavsiyanomani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish
Bank tomonidan tavsiyanoma bo‘yicha qaror qabul qilish muddati, Bankka zarur hujjatlarning to‘liq paketi ilova qilingan Kafolat olish bo‘yicha ariza (tavsiyanoma)ning kelib tushgan kunidan boshlab 20 ish kunidan oshmaydi. Bitim summasiga bog‘liq holda ikki martagacha oshishi mumkin. Bank tomonidan ariza (tavsiyanoma) ni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddati Siz tomoningizdan taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligiga bog‘liq.
4 Kredit shartnomasini tuzish va ta’minotni rasmiylashtirish
Bankning ijobiy qaroridan keyin Siz tegishli shartnoma imzolaysiz va belgilangan tartibda Kafolat bo‘yicha ta’minotni rasmiylashtirasiz.
5 Kreditni olish
Kafolat tegishli shartnomalar, import kontrakt/shartnomalar, tender hujjatlari va bank Kafolati olish predmeti bo‘lgan boshqa hujjatlar shartlariga muvofiq, taqdim etiladi.