Doiraviy kredit liniyasi (DKL)

Doiraviy kredit liniyasi (DKL) o‘zi bilan oldindan belgilangan hajmda va oldindan belgilangan asosiy shartlarda kredit mahsulotlar (kreditlar, kafolatlar, lizinglar, post-moliyalashtirish/diskontlangan/kechiktirilgan to‘lov va h.k.lar bilan tasdiqlangan akkreditivlar)ni zudlik bilan taqdim etish haqidagi bank va mijoz o‘rtasidagi shartnomadir.

Doiraviy kredit liniyasi DKLni ochish to‘g‘risidagi umumiy shartnoma (dastlabki kelishuv) tuzishni o‘z ichiga oladi, uning asosida bank mijozlariga kredit mahsulotlarini taqdim qilish uchun alohida tuzilgan shartnomalar (asosiy shartnomalar) bo‘yicha amalga oshiriladi.

Kreditlash shartlari mijozning moliyaviy ahvoli, uning ehtiyojlari va faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqib yakka tartibda belgilanadi.

Shu tariqa, Mijoz zarur hujjatlarni takror topshirmasdan turib kreditni olish, zaruratga qarab, belgilangan limit va muddat ichida pul mablag‘larini qisman olish  imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Doiraviy kredit liniyasi asosiy afzalliklari:

  • DKLni ochish bo‘yicha Bir Bitim doirasida ishlab chiqarishni kengaytirish, xizmatlar ko‘rsatish, asosiy va aylanma mablag‘larni olish, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun haq to‘lash orqali savdoni rivojlantirish, bajarilgan ishlar va xizmatlarga to‘lov uchun kreditlar olish imkoniyati;
  • DKLni ochish bo‘yicha Bir Bitim doirasida turli xil kredit mahsulotlari olish imkoniyati:  kreditlar, lizing, akkreditivlar va mijozning ehtiyojlari/xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kafolatlarni olish imkoniyati;
  • DKLni ochish bo‘yicha Bir Bitim doirasida belgilangan limit va muddat ichida cheklanmagan kreditlar mahsulotlarini olish va to‘lash imkoniyati;
  • DKLni ochish bo‘yicha Bir Bitim doirasida tuzilgan ta’minot har bir kredit shartnomasi bo‘yicha alohida yoki DKL ning butun qiymatiga tuzilgan Bitim bo‘yicha taqdim etiladi. Bu Mijozlarga  bir marta zarur hujjatlarni to‘plash va ta‘minotni rasmiylashtirish imkoniyatini beradi.
  • Kredit mahsulotlarini turli valyuta – milliy valyutada va/yoki xorijiy valyutada olish imkoniyati;
  • Moliyalashtirishni amalga oshirish va ta‘minotni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirish.