SMS xabar berish

"Kapitalbank" OATB jismoniy shaxslar uchun SMS-axborot xizmatini taklif etadi.


Sms-banking xizmati

SMS-Axborot - bu  “Kapitalbank” OATB mijozlariga hisobvaraq to‘g‘risida ma'lumotni SMS-so‘rov orqali olish imkonin beruvchi xizmatdir. SMS-banking xizmati quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • Hisobvaraq to‘g‘risida ma'lumot so‘rash (qoldiq, hisobvaraq holati, so‘nggi operatsiya o‘tkazilgan sana)
  • So‘nggi tranzaksiyalar to‘g‘risida ma'lumot so‘rash.
SMS-banking xizmatidan foydalanish uchun “Kapitalbank” OATB mijozdan vositachilik HAQI OLMAYDI. +998903265555 raqamiga SMS yuborilganda, uyali aloqa operatori SMS yuborish uchun haq oladi.

SMS-banking xizmatidan qanday foydalanish mumkin?

Xizmatga ulanayotganda ko‘rsatilgan raqamdan +998903265555 raqamiga  quyida keltirilgan matnli SMS so‘rov yuborish kerak:

SMS so‘rov matni Axborot SMS so‘rov namunasi SMS so‘rovga javob namunasi
B Hisob varaqlardagi qoldiq B 1 = 1000 USD
2 = 3792,65 SUM
(1 va 2 raqamlari - bu hisobvaraqlar raqami, keyingi namunalarda ular n  harfi o‘rniga qo‘yiladi)
Bn, bu yerda n raqami = 1 va undan ortiq raqamlar n - raqamli hisobvaraq haqida ma'lumot B1 Account:20608440012345678001
Branch:00974
State:utverjdyon
Last tran.:16.12.2010
Balans:10000
Curr.:USD
Tn, bu yerda n raqami = 1 va undan ortiq raqamlar n - raqamli hisobvaraq bo‘yicha oxirgi oltita tranzaksiya T2 Last 6 transactions
10.11.10: 8800 SUM
22.11.10: -300 SUM
16.12.10: 1500 SUM

SMS-banking xizmatidan foydalanishga misol: Mijoz “Kapitalbank” OATBda 1000 dollar miqdorida xorijiy valyutada hisobvaraq ochdi, foizlarni mijoz har oy so‘mda oladi. Omonat ochilayotganda, unga 2ta hisobvaraq ochildi: valyutali va so‘mli.

Hisobvaraqdagi qoldiq:
Bu hisobvaraqlardagi qoldiqni tekshirish uchun +998903265555 raqamiga В matnli SMS yuborish kerak. Quyidagi javob bitilgan SMS keladi:
__________________
1=1000 USD
2=3792,65 SUM
__________________
Bu degani, mijozning birinchi hisobvaraqida  1000 AQSH dollari, ikkinchisida esa 3792 so‘m 65 tiyin bor.
Hisobvaraq to‘g‘risida batafsil ma'lumot:
Masalan, ikkinchi hisobvaraq to‘g‘risida ma'lumot olish uchun+998903265555 raqamiga В2
(2 raqami sizni ikkinchi hisobvaraq qiziqtirayotganini anglatadi) matnli SMS yuborish kerak. Quyidagi javob bitilgan SMS keladi:
________________________________
Account:22405000012345678001
Branch:00974
State:utverjdyon
Last tran.:23.02.2011
Balans: 3792,65
Curr.:SUM
________________________________
(bir tartibda - hisobvaraq, bank filiali kodi, hisobvaraq holati, so‘nggi operatsiya sanasi, hisobvaraqdagi qoldiq va valyuta ko‘rsatilgan).
Hisobvaraq bo‘yicha so‘nggi oltita tranzaksiya to‘g‘risida ma'lumot.
Masalan, ikkinchi hisobvaraq bo‘yicha so‘nggi oltita tranzaksiya to‘g‘risida ma'lumot olish uchun +998903265555 raqamiga t2 (2 raqami sizni ikkinchi hisobvaraq qiziqtirayotganini anglatadi) raqami matnli SMS yuborish kerak. Quyidagi javob bitilgan SMS keladi:
_________________________
18.02.2011: 567.52 SUM
21.02.2011: 1702.56 SUM
22.02.2011: 567.52 SUM
23.02.2011: 567.52 SUM
__________________________
Javobda sana va summalar ko‘rsatilgan. Musbat summalar – hisobvaraqga kirimlarni, manfiy summalar esa hisobvaraqdan chiqimlarni anglatadi.

SMS-xabar yuborish uchun VISA

“Kapitalbank” OATB o‘z mijozlari – Visa  kartasi egalariga yangi xizmat, ya'ni bepul «SMS-xabar yuborish» xizmatidan foydalanishni taklif etadi.

Mazkur xizmat Visa plastik kartochkalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan operatsiyalar to‘g‘risida mijozni real vaqt rejimida xabardor qilish imkonini beradi, shuningdek SMS-so‘rov yordamda karta balansi, so‘nggi operatsiyalar ro‘yxati, ro‘yxatdan o‘tgan kartalar ro‘yxati  to‘g‘risida ma'lumot olish mumkin. Zarurat bo‘lganda, SMS-so‘rov yuborish orqali mijozga kartani blokka qo‘yish/blokdan yechish imkoniyati beriladi.


Xizmat ko‘rsatish shakllari:

Xizmatni yoqish/o‘chirish uchun bankka ariza berishingiz lozim.Barcha ma'lumot arizada ko‘rsatilgan telefon raqamiga keladi. Ma'lumot so‘rovlari, shuningdek karta maqomini o‘zgartirish bo‘yicha so‘rovlarni ro‘yxatdan o‘tkazilgan raqamdan quyidagi qisqa raqamga yuborish kerak: 2212.

Ehtimoli bo‘lgan so‘rovlar quyida keltirilgan:

  • Bali - karta balansini bilish so‘rovi (so‘rovga javoban karta balansi to‘g‘risida SMS olinadi).
  • Msti - kichkina ko‘chirma (karta bo‘yicha amalga oshirilgan oxirgi operatsiyalar ro‘yxati).
  • Usl - kartani blokka qo‘yish.
  • Usl a - blokdan yechish.
  • Clist - xizmatga ulangan kartalar ro‘yxati.

Sizning VISA kartangizdan pul mablag‘lari yechilishi to‘g‘risida tezkor ma'lumot olish va kartangizda qancha mablag‘ qolgani to‘g‘risida xabardor bo‘lishni istasangiz, shuningdek xarid qilishni yaxshi ko‘rsangiz, firibgarlardan himoyalanishni istasangiz, u holda «SMS-xabar yuborish» xizmati siz uchun.

UZCARD plastik kartalari uchun SMS xabarnoma

Uzcard plastik kartalari uchun SMS-xabarlash xizmati sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • kartochka hisob raqamingizning holatini real vaqtda tekshirish;
  • hisobda siz ruxsat bermagan operatsiyalar bajarilganida darhol xabardor bo’lish;
  • kartaning amal qilish muddati tugaganligi haqidagi xabarnomalarni olish;
  • kartani bloklanganligi / blokdan chiqarilganligi haqida xabarnoma olish

SMS-xabarning * matnida lotin transliteratsiyasida quyidagi ma'lumotlar mavjud:

  • avtorizatsiya turi (Debit online (Debit onlayn), Pokupka (Xarid qilish), Popolnenie scheta (Hisobni to'ldirish); Perevod s karti (Kartadan kartaga pul o`tkazish));
  • operatsiyani amalga oshirish joyi (shahar, tuman, ko'cha, uy);
  • operatsiyani amalga oshirish sanasi va vaqti (xx.xxx.xxx formatida);
  • kartaning oxirgi to'rtta raqami (karta *** xxxx);
  • operatsiya summa va valyutasi - (UZS);
  • mavjud bo'lgan karta hisobraqamining qoldig'i - (UZS).

Xizmatga ulanish bo`yicha izoh:

Elektron to'lov vositalari va / yoki MBX(masofaviy bank xizmati) orqali to'lovni amalga oshirish, elektron tijorat xizmatlaridan foydalanish uchun siz SMS-xabarlash xizmatiga ulanishingiz kerak. Xizmat plastik kartani taqdim etgan har qanday bank yoki infokioskda bepul yoqiladi.

Infokioskda SMS xabarlarni ulash uchun:

  1. Kartani infookioskning karta o'quvchisiga joylashtiring va tilni tanlang.
  2. Plastik kartaning PIN kodini kiriting.
  3. Asosiy menyuda "sms-informing" xizmatini tanlang.
  4. "Sms-informing" xizmatini ulang.
  5. SMS-xabarlarni xalqaro formatda "+" belgisiz yuboradigan telefon raqamini ko'rsating va "Keyingi" tugmachasini bosing - tizim sizga xizmat muvaffaqiyatli bo'ladimi yoki muvaffaqiyatsizmi deb xabar beradi.
 

SMS-xabarlash xizmatini yoqib bo'lmaydi:

  1. Agar SMS-axborot xizmati sizning kartangizga ulangan bo'lsa.
  2. Agar SMS-axborot xizmati kartani chiqargan bankda mavjud bo'lmasa.

SMS-axborot xizmatini faollashtirish uchun Siz http://playmobile.uz/ saytida joylashgan «Play Mobile» MChJ kompaniyasining ochiq taklifi bilan tanishishingiz kerak.

Har bir kiruvchi "UZCARD" (GSM abonentlari uchun) yoki 39391 (CDMA abonentlari uchun) raqamidan kelgan SMS-xabar uchun haq olinadi. U quyidagi matnli formatda ko'rsatiladi:

SMS ON 07.08.17 10:51,karta ***хххх, STOIMOST USLUGI SMS INFORMIROVANIE 0,01USD=42,1035 sum http://playmobile.uz/terms

SMS-xabarlash xizmatining raqamini qanday o'zgartirish mumkin:

Siz har qanday bank yoki infokioskda SMS-xabar berish xizmatining raqamini bepul o'zgartirishingiz mumkin:

  1. SMS- axborot xizmatini eski raqamdan o'chiring - yoqish xizmati kabi tartibda bajariladi.
  2. SMS-axborot xizmatini yangi raqamga ulang.

UZCARD plastik kartalari uchun SMS-axborot xizmatlarini mustaqil ravishda o'chirish:

SMS-axborot xizmatini o'chirib qo'yish uchun abonent telefon raqami orqali quyidagi qisqa raqamga SMS-xabarniyuborishi kerak:

«Operator»

Xizmatning qisqa raqami

1

«Beeline»

45896

2

«UMS»

39391

3

«Ucell»

39391

4

«Uzmobile GSM»

39391

5

«Uzmobile CDMA»

39390

6

«PerfectumMobile»

39390

1 raqamli buyruqni terib, bo`sh joy tashlab, kartadagi oxirgi to'rtta raqamni yoki STOP buyrug'i va bo`sh joy tashlab kartaning oxirgi to'rtta raqamini

1_NNNN yoki STOP_NNNN ("_" bo'sh joy , "N" kartaning oxirgi to'rtta raqami)

Telefon raqamini barcha kartalardan olib tashlash uchun, uyali aloqa kompaniyasining abonenti STOP1 buyrug'ini terishi kerak.

O`chirish haqida SMS so`rov kelganidan so`ng, Intelligent Business Solutions MChJ bu so'rovni o'z dasturiy paketi orqali amalga oshiradi. So`rov muvaffaqiyatli bajarilgandan(o`chirilgandan) so`ng, abonentga xizmatning muvaffaqiyatli o'chirilganligi to'g'risida harf-raqamli SMS ma'lumot berilib, ** UZCARD (GSM tarmog'i abonentlari uchun) yoki 39391 raqamidan (CDMA tarmoq abonentlari uchun)

Vi uspeshno otpisali kartu **** ot sms-informirovaniya Uzcard

 SMS-axborot xizmatini barcha kartalardan o'chirib qo'yilsa, abonent xizmatni muvaffaqiyatli tarzda o'chirilgani haqida xabar olinmaydi!!!


*SMS (Short Message Service - Qisqa xabar xizmati) - maksimal 160 harf va / yoki raqam dan iborat lotin harflaridagi (bo'shliqlar bilan birga) yoki 70 ta lotin bo'lmagan harf va / yoki raqamli belgilar(bo'shliqlar bilan birga)dan iborat qisqa xabarlarni yuborish xizmati ;

**Harf-raqamli nom - UZCARD, SMS-jo'natuvchining manzili. Bu SMS-jo'natuvchi satrida 11 ta belgidan iborat bo'lgan Kompaniya yoki Brend nomi, yani UZCARD ko`rsatiladi, uyali telefon raqami esa ko'rsatilmaydi.