- Xususiy mijozlar
- Bank haqida
- Mukofotlar va erishilgan yutuqlar
- Yangiliklar
- Xalqaro cheklov!!
“Kapitalbank” ATB (keyingi o’rinlarda – Bank) o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiradi. Shuningdek, “Kapitalbank” ATB xalqaro qonunchilik talablariga, jumladan, iqtisodiy, moliyaviy, savdoni cheklash choralariga amal qiladi.
Shuni eslatib o’tamizki O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga binoan Bank o‘z mijozlarini har tomonlama tahlil qilishi, va ular tomonidan o’tkazilgan operatsiyalar, Bankni, quyidagi maqsadlarga ega bo'lishi mumkin bo'lgan bitimlar va operatsiyalarga jalb qilinishining oldini olishi shart: amaldagi qonunlar va talablarni buzish yoki chetlab o'tish, noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish, shuningdek, yuqori reputasiyviy, sanktsiyalar va boshqa xavflar.
Xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilab qo’yilgan va kuchga kirgan ayrim xalqaro iqtisodiy, moliyaviy, savdo cheklash xususiyatiga ega chora-tadbirlarning ta’siri O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslarga, shuningdek ayrim faoliyat turlariga nisbatan qo’llanilishi mumkin. Shu munosabat bilan, Bank qo’shimcha ma’lumotni aniqlash yoki uchinchi shaxslar, shu jumladan xorijiy korrespondent-banklar tomonidan cheklovchi xarakterdagi xalqaro iqtisodiy chora-tadbirlarning buzilishi, operatsiyalarni amalga oshirishni rad etish maqsadida mablag’larni “blokirovka qilish” (“muzlatish”)ga javobgar bo’lmaydi va bo’la olmaydi.
Bank oldi-sotdi ishlari va operatsiyalar bilan bog’liq qo’shimcha ma’lumotlarni, asosli xavf-xatarlar yoki faktlar aniqlangan taqdirda, bank ishtirokida bitimni amalga oshirishni yoki bitim tuzishni rad etishga tavsiya etishi, bir yoki bir nechta ishtirokchilar (yuboruvchi, qabul qilib oluvchi yoki manfaatdor shaxs, shuningdek ishtirok etayotgan moliya institutlari, boshqa shaxs)larga nisbatan, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilanadigan iqtisodiy, moliyaviy, cheklangan savdo xarakterdagi ma’lumotlarni talab qilishi mumkin.
Tushunmovchiliklarga yo’l qo’ymaslik, shuningdek, Bank tomonidan zarur va qo’chimcha so’ralgan hujjatlar va tushuntirishlarni o'z vaqtida taqdim etish uchun sheriklaringizga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo’lishingizni so’raymiz.
Sanksiyaga tushgan shaxslar bilan o’zaro munosabatlarning amaliy tomonlariSanksiyalar bilan bog’liq tasklar: Biznesda sheriklar bilan ishlashda yuzaga keladigan xavflarni qanday kamaytirish
AQSh sanktsiyalarining buzilishiga nima tahdid solmoqda К списку