- Xususiy mijozlar
- Bank haqida
- Mukofotlar va erishilgan yutuqlar
- Yangiliklar
- 18-sentabr kuni Visa va Kapitalbank dan FIFA WORLD CUP 2022 final o'yiniga yo‘llanma aksiyasi natijalari sarhisob qilinadi.
15-sentabr kuni Visa va Kapitalbank tomonidan tashkil etilgan aksiyaning birinchi bosqichi yakunlanadi, mazkur aksiya doirasida 2022-yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati finaliga chipta o‘ynaladi. 18-sentabr kuni poytaxtimizdagi Magic City bog`ida bayram tadbiri bo'lib o'tadi, u yerda tashkilotchilar ushbu sovrinning baxtli sohibini e'lon qilishadi. Tadbirning boshlanish vaqti 18:30.
Barcha mehmonlarni boy va qiziqarli shou dasturi kutmoqda. Tomoshabinlar qarshisida jo'shqin qo'shiqlar bilan Munisa Rizayeva chiqish qiladi, Zlotnikov Dance Centre raqs ritmlari bilan quvvatlantiradi, Dmitriy Polyakov ko'zboylog'ichlik tomoshalari bilan hayratda qoldiradi, tashrif buyurganlarning ko'nglini ko'tarish esa DJ Samga ishonib topshirilgan.
Shuningdek, tadbir davomida boshlovchi Jahongir Xo‘jayev savol-javob viktorinasi doirasida tomoshabinlar uchun esdalik sovg‘alarni ulashadi.
18-sentyabr kuni Magic City ga tashrif buyuring - ajoyib kayfiyat kafolatlanadi!
Ammo aksiya shu bilan tugamaydi: u 15-oktyabrgacha uzaytirildi! Sovrinlar esa naqd pul shaklida bo‘ladi: ishtirokchilardan biri 50 million so‘m, ikkitasi – 20 million so‘mdan, uchtasi – 10 million so‘mdan, to‘qqiz nafari – 5 million so‘mdan, yana o‘n besh nafar ishtirokchi – har biri 2 million so‘m va 28 nafar ishtirokchi – 1 million so'mdan pul yutug'ini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bundan tashqari, Kapitalbank dan brend sovg'alari o'ynaladi. G'oliblar 16-oktyabr kuni Magic City da aniqlanadi.
Ishtirok etish qoidalari o‘zgarishsiz qoladi: 15-oktabrgacha Visa Kapitalbank kartalari orqali kamida 200 000 so‘m yoki 20 AQSh dollari miqdoridagi har qanday xarid uchun to'lovni amalga oshirish kifoya. Aksiya o'tkazilish muddati davomida ko‘rsatilgan summada karta orqali shunday xaridni amalga oshirgan Visa Kapitalbank kartasining har bir sohibi avtomatik tarzda aksiya ishtirokchisiga aylanadi. Kuniga bitta savdo nuqtasida bitta tranzaksiya bitta yutish imkoniyatini taqdim etadi! Batafsil ma'lumot: https://kapitalbank.uz/uz/press_center/action/qatarda-bo-lib-o-tadigan-202...
К списку