Yangiliklar
AQSh dollarini naqd shaklda berishda komissiya undirilishi bo'yicha tushuntirish
2022-08-18
AQSh dollarini naqd shaklda berishda komissiya undirilishi bo'yicha tushuntirish
27-iyuldan boshlab “Kapitalbank” ATB tomonidan jismoniy shaxslarga bank xizmatlari ko‘rsatganlik uchun komissiyalar o‘zgarishi bo‘yicha ko‘plab savollar paydo bo‘lishi munosabati bilan mazkur masalaga oydinlik kiritamiz. AQSH dollarini naqd pul shaklida yechib olish uchun 0,7 foiz miqdorida komissiya toʻlovi quyidagi holatlarda undiriladi:
  • “Kapitalbank” ATB kassasi orqali Visa plastik kartalaridan AQSH dollarini naqd shaklda olishda.
  • Bank hisobvaraqlaridan AQSH dollarini naqd shaklda olishda - oldingi 15 kun ichida kun oxiridagi minimal qoldiqdan oshgan summa uchun komissiya undiriladi.
Bu holda mijozning barcha hisobvaraqlari va omonatlari bo'yicha jami qoldiq hisobga olinadi. Shu bilan birga, hisobvaraqlariga/kartalarga (naqd yoki naqd pulsiz shaklda) AQSH dollari qanday shaklda kiritilganligi muhim emas – 15 kunlik minimal qoldiq qoidasi har qanday holatda ham amal qiladi. К списку