Yangiliklar
Diqqat, firibgarlar! Internet tarmog’ida “Kapitalbank” tomonidan mukofoat tariqasida 410 000 so‘m miqdorda bir martalik to‘lov amalga oshirilayotgani haqidagi soxta ma’lumotlar tarqaldi. Bu maʼlumotlar yolgʻon ekanligini ma’lum qilmoqchimiz!
2022-08-11
Diqqat, firibgarlar! Internet tarmog’ida “Kapitalbank” tomonidan mukofoat tariqasida 410 000 so‘m miqdorda bir martalik to‘lov amalga oshirilayotgani haqidagi soxta ma’lumotlar tarqaldi. Bu maʼlumotlar yolgʻon ekanligini ma’lum qilmoqchimiz!
Hech qanday holatda bankdan sizga kelgan SMS kodlarni hech qayerga KIRITMANG, ular sizdan bu kod pul olishingiz yoki shaxsingizni tasdiqlash uchun kiritlishi zarurligini aytishlari mumkin.

Bankdan olingan SMS-kod pulni olish uchun emas, aslida deyarli DOIMO SIZNING pulingizni yechish uchun mo’ljallangan koddir.

Rasmiy sahifalarimizda ko’rsatilgan haqiqiy nomlar va haqiqiy telefon raqamlariga ham eʼtiboringizni qaratmoqchimiz:

Telefon: 71 200-15-15
Veb-sahifa: www.kapitalbank.uz
Instagram: kapitalbank.uz
Facebook: kapitalbank.uz
Telegram: Kapitalbank Uzbekistan yoki https://t.me/kapital24

Agar biron bir e'lonning telefon raqamida hattoki bitta raqam farq qilsa, bilingki, bu Kapitalbank telefon raqami EMAS.

Agar Kapitalbank Internet sahifalari nomlarida hattoki bitta ortiqcha yoki yetishmayotgan harf bo'lsa, bilngki, bu Kapitalbank sahifasi EMAS!

Iltimos, e’tiborli bo'ling va ehtiyot bo'ling!

«Salam O'zbekiston fuqarolari diqqatiga! Mamlakatdagi og'ir iqtisodiy vaziyat tufayli, hukumat “KapitalBank” banki bilan birgalikda barchaga 410 000  ming so‘mdan bir martalik to‘lovlarni amalga oshiradi. Pul olish uchun siz saytga kirishingiz va to'lovni qabul qilish uchun kartani ko'rsatishingiz kerak. To‘lovlar faqat - Visa Card, Humo, Uzcard. kartalariga amalga oshiriladi. Smsdan kodlarni kiritganingizga ishonch hosil qiling, bu sizning shaxsingizni aniqlash uchun amalga oshiriladi. Ehtiyot bo'ling, mashenniklarda siz kartengizni oyini yozishingiz kerak, bizda esa faqat kartani raqamini! To'liq tanishish uchun havolani bosing: https://kapitalbankq.uz-id.com/unlock94044802» К списку