- Xususiy mijozlar
- Bank haqida
- Mukofotlar va erishilgan yutuqlar
- Yangiliklar
- Hurmatli mijozlar!
ATB “Kapitalbank” Sizga o'z hurmatini bildirib, quyidagilarni ma'lum qiladi!
ATB “Kapitalbank”, dunyodagi murakkab geosiyosiy vaziyat, Yevropa Ittifoqi va AQShning Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasining bir qator yirik kompaniyalari, banklari va jismoniy shaxslariga nisbatan sanksiyalari kuchayishi munosabati bilan Amerika va Yevropa bank-korrespondentlari tomonidan transchegaraviy to'lovlarni ijro etmaslik (muzlatish) holatlari tez-tez uchrayotganligi haqida xabar beradi. Shu munosabat bilan, transchegaraviy to‘lovlarni amalga oshirishda sanksiya qo‘yilgan shaxslar, kompaniyalar (kontragent yoki uning benefisiar egasi) va banklarning ishtirokini sinchiklab tekshirishingizni so‘raymiz.
Bundan tashqari, “Kapitalbank” ATB transchegaraviy to‘lovlarda sanksiya qo‘yilgan shaxslar, kompaniyalar (kontragent yoki uning benefisiar egasi) va banklarning ishtiroki aniqlansa, “Kapitalbank” ATB bu to'lovlarni ijro etmaslik huquqiga ega ekanligini ma’lum qiladi!
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, sizdan chet ellik hamkorlaringizga Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasining sanksiya qo‘yilmagan va tizimli ahamiyatga ega bo'lmagan banklarida hisob raqamlarini ochishni tavsiya etishingizni, shuningdek, ushbu davlatlar bilan barcha o'zaro hisob-kitoblarni Rossiya rublida o'tkazishingizni so'raymiz.
“Kapitalbank” ATB kelgusida ham samarali hamkorlikka umid qiladi!
К списку