- Xususiy mijozlar
- Bank haqida
- Mukofotlar va erishilgan yutuqlar
- Yangiliklar
- Ehtiyot bo'ling: firibgarlar!
Yangiliklar
Obuna boʻlish
2022-01-27
Ehtiyot bo'ling: firibgarlar!
So‘nggi kunlarda firibgarlik holatlari ko‘paydi. Firibgarlar telefon qo‘ng‘iroqlari, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali bankimiz mijozi bilan bog‘lanib, o‘zlarini bank xodimi sifatida tanishtirib, karta ma’lumotlari va maxfiy SMS kodini so‘ramoqdalar. Agar kodni berishdan bosh tortilsa, barcha bank hisobraqamlarini bloklash bilan tahdid qilmoqdalar.Firibgarlarning ko'rsatmalariga amal qilib, siz pulingizni yo'qotishingiz mumkin, Sizning shaxsiy ma'lumotlaringizdan esa g`arazli maqsadlarda foydalanishlari mumkin!
Shaxsiy ma'lumotlaringiz va mablag'laringizni saqlab qolish uchun boshlang'ich (eng oddiy) xavfsizlik choralariga rioya qiling:
- Bankdan kelgan SMS-kodni hech kimga, hatto bank xodimiga ham aytish mumkin emas. Bu sizning mablag'laringizni hisobdan chiqarishni tasdiqlash uchun koddir.
- Kartaning maxfiy ma'lumotlarini hech kim bilan baham ko'rmang: amal qilish muddati, CVV kodi va PIN kod.
- Tasdiqlanmagan veb-saytga karta ma'lumotlarini kiritmang.
- Noma'lum shaxslar tomonidan yuborilgan xabarlardagi havolalarga o`tmang (kirmang).
Obuna boʻlish