Yangiliklar
Eng yaxshi sarmoya: “Kapitalbank” sizga oltin quyma va tangalarni xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi
2022-08-25
Eng yaxshi sarmoya: “Kapitalbank” sizga oltin quyma va tangalarni xarid qilish imkoniyatini taqdim etadi

Oltin sotib olish pul mablag'laringizni inflyatsiya, devalvatsiya va xarid qobiliyatini yo'qotishdan himoya qilishga yordam beradigan barqaror investitsiya variantidir. Biz sizga oltin buyumlarni qanday va qayerdan sotib olishingiz mumkinligini aytib beramiz.

“Kapitalbank” ATB og’irligi 5 grammdan 50 grammgacha bo‘lgan oltin quymalarini, shuningdek, Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan oltin tangalarni xarid qilish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Oltin quymalar

999,9 probali sof oltindan tayyorlangan quymalar sotuvga 5, 10, 20 va 50 gramm og‘irlikda maxsus himoya qadoqlarida taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadoqlari sertifikat bo'lib xizmat qiladi va o'z seriya raqamiga ega.

Oltin quymalarining kunlik narxi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi:

  • 5 grammli quyma – 3 427 000 so‘m;
  • 10 grammli quyma – 6 853 000 so‘m;
  • 20 grammli quyma – 13 707 000 so‘m;
  • 50 grammli quyma – 34 267 000 so‘m

(Narxlar 25.08.2022 holatiga ko'ra amal qiladi).

Kun davomida oltin quymalarining sotilish narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozoridagi konyunkturasidan kelib chiqqan holda Markaziy bank tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

1.png

Oltin quymalarini sotish va qayta sotib olish narxlari oltinning jahon bahosi hamda Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki diskont asosida shakllantiriladi va O‘zR Markaziy banki tomonidan har kuni yangilanib turadi.

Oltin quyma, oltin va kumush tangalar narxi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki saytida tanishishingiz mumkin.

Tangalar

Oltin tangalarni sotib olish nafaqat numizmatlar uchun, balki sarmoya kiritishni xohlaydiganlar uchun ham mukammal yechimdir. Axir, oltin tangalar yuqori likvidlikka ega va bankrot bo'lolmaydi yoki texnik defoltni tan olmaydi. Va agar zudlik bilan pul kerak bo'lsa, uni har doim bank yoki tangalarni sotib olish bilan shug'ullanadigan tashkilot qaytarib sotib oladi.

2.png

Oltin buyumlarni "Kapitalbank"ning quyidagi bo'linmalaridan xarid qiling:

  • Markaziy operatsion boʻlim, manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh ko'chasi 7. (Moʻljal - Brodvey)
  • Operatsion boshqarma, manzil: Toshkent shahar, Matbuotchilar ko'chasi 32. (Moʻljal - "Sharq" gazeta korpusi)
  • Yashnaobod filiali, manzil: Toshkent shahar, Maxtumquli ko‘chasi 1.
  • Kapital Premium Bank Xizmatlari ofisi, manzil Toshkent sh., Lashkarbegi ko‘chasi

Oltin buyumlarni sotib olish tartibiga qo'yiladigan talablar:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatsiz mahsulot xarid qilish mumkin emas;
  • Bitim faqat oflayn rejimda amalga oshirilishi mumkin, masofadan sotish mumkin emas;

Oltin quyma va tangalarni xarid qilish haqida batafsil ma'lumotni +998 (71) 200-15-15 telefon raqami orqali aloqa markazi operatorlaridan olishingiz mumkin.

"Kapitalbank" ijtimoiy tarmoqlarda:

Facebook: https://www.facebook.com/kapitalbank.uz

Instagram: https://www.instagram.com/kapitalbank.uz

Telegram-канал: https://t.me/kapital24

К списку