Yangiliklar
“Kapitalbank” ATB bank xizmatlarining yangi ofislari uchun xodimlar tanlovi
2022-08-31
“Kapitalbank” ATB bank xizmatlarining yangi ofislari uchun xodimlar tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi “2020-2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, “Kapitalbank” ATBning tasdiqlangan strategiyasi asosida aholi uchun moliyaviy xizmatlarning mavjudligi va sifatini oshirish maqsadida bank rahbariyati tomonidan respublika bo‘ylab bank xizmatlari ofislari sonini ko‘paytirishga qaror qilindi.

Strategik maqsadlarga erishish maqsadida “Kapitalbank” ATB mamlakatimizning quyidagi shaharlari/tumanlaridagi savdo nuqtalariga xodimlar tanlovini e’lon qiladi:

  • Toshkent shahri: Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari.
  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Angren, Keles, Olmaliq, Bekobod, Parkent, Boʻka shaharlari.
  • Sirdaryo viloyati: Guliston shahri.
  • Qashqadaryo viloyati: Qarshi, G‘uzor shaharlari.
  • Buxoro viloyati: Buxoro shahri, Vobkent.
  • Andijon viloyati: Asaka shahri.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ishga taklif qilinadi.

Bank xodimlariga qo'yiladigan talablar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Qiziqqan nomzodlardan O‘zbekiston Respublikasining qaysi shahar/tumanida qaysi lavozimga nomzodlik qilayotganingizni ko‘rsatgan holda rezyumeni bank Bosh ofisining hr@kapitalbank.uz elektron pochta manziliga yuborishingizni so‘raymiz.

Diqqat!!! Siz bilan bog'lanish uchun telefon raqamini ko'rsatishni unutmang.

К списку