Yangiliklar
Hurmatli mijozlar!
2022-03-15
Hurmatli mijozlar!
Sizlarga shuni ma'lum qilamizki, 2022-yil 24-martdan Western Union tizimi Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasida o'z faoliyatini vaqtinchalik to'xtatadi.

2022-yil 24-martgacha Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasidan Western Union tizimi orqali yuborilgan pul o‘tkazmalari qabul qilib oluvchilarga majburiy ravishda to‘lab beriladi. Agar Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasida jo'natuvchi ilgari yuborilgan pul o'tkazmasini qaytarishga qaror qilsa, qaytarish jo'natuvchiga to'liq hajmda amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, siz Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasiga pul mablagʻlarini qabul qilish va joʻnatish uchun quyidagi boshqa pul oʻtkazmalari tizimlaridan foydalanishingiz mumkin:

  • Zolotaya Korona
  • Unistream
  • AsiaExpress
  • Moneygram
  • Contact
К списку