Kartalar
Visa Gold
Visa Gold

Muddat3 yil
ValyutaAQSh dollari
To’lov tizimiVisa
Karta turiDepozit kartasi
Tovarlar va xizmatlar to'loviKomissiya undirilmaydi
Kartaga xizmat ko’rsatish1 AQSH dollari
Дата2022-12-16

Visa Gold - tilla rang karta. Bu kartadan bankning eng nufuzli va badavlat mijozlari foydalanadilar. VisaGold – ushbu karta egasiga alohida xizmat va diqqat-e'tibor ko‘rsatiladi. Ko‘plab supermarket va restoranlar VisaGold egalari uchun imtiyoz dasturlarida mamnuniyat bilan ishtirok etadilar. VisaGold kartasi ko‘nglingiz istagan maxsulotlar va xizmatlar haqini to‘lashdek ajoyib imkoniyat bilan birga hamyoningizni yanada yorqin va qulay qilishga qodir. “Kapitalbank” ATBda Siz VisaGold debet kartasini ochishingiz mumkin.

Bugungi kunda plastik karta – bu qulay va yuqori texnologiyali axborot manbaidir. Hozirgi zamonda plastik kartochkalar deyarli har jabhada qo‘llanilmoqda. Xarid qilayotganingizda Sizga kerakli bo‘lgan summanigina beradigan hamyonni faraz qiling, Sizdan boshqa hech kim undan foydalana olmaydi va, eng asosiysi, hamyonni yo‘qotib qo‘ysangiz ham pullaringiz yoningizda qoladi. Bunaqasi bo‘lmaydi, deb o‘ylaysizmi? Biz bu fikringizga qo‘shilmaymiz. “Kapitalbank” ATB Sizga qulay va xavfsiz yechim taklif etadi. Bu - PLASTIK KARTOCHKALAR!

“Kapitalbank” ATB plastik kartochkalari bilan Siz turmush ikir-chikirlariga chalg‘imaysiz, barcha diqqat-e'tiboringizni eng qiziqarli va muhim masalalarga qaratishingiz mumkin bo‘ladi.

 

Bank xizmati/ xizmat ko‘rsatish sharti

Mijozga Bank tomonidan bajarilgan operatsiya uchun undiriladigan Bankning komission mukofotlash stavkasi

Izoh

a) Bank bo'linmasida olish sharti bilan plastik kartani chiqarish 55 000 so’m
5 USD*
5 EUR*

b)

Yetkazib berish orqali olish sharti bilan mobil ilova yordamida buyurtma berishda 10 AQSh dollari Karta manfiy qoldiq bilan chiqariladi (kartani chiqarish va yetkazib berish uchun komissiya)
c) Kartaning amal qilish muddati 3 yil
d) Kartaning amal qilish muddati tugaganligi sababli kartani qayta chiqarish Bepul Mijoz tomonidan kartaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin va keyin murojaat qilinganida
55 000 so’m
5 USD*
5 EUR*
Boshqa hollarda
e) Asosiy yoki qo'shimcha kartani muddatidan oldin qayta chiqarish 55 000 so’m
5 USD*
5 EUR*

f) Kartani quyidagi sabablarga ko'ra qayta chiqarish:
- Yo'qolishi 55 000 so’m
- Shikastlanishi
5 USD*
- Karta egasining ismi o'zgarishi PIN kodni o'zgartirish 5 EUR*
- PIN kodni o'zgartirish
g) kartada foydalanish uchun mavjud bo'lmagan karta hisobidagi minimal qoldiq 0 AQSh dollari
10 AQSh dollari "Kapitalbank" mobil ilovasi orqali buyurtma berishda
h) Karta hisobiga minimal dastlabki to’lov Mavjud emas Foydalanish uchun mavjud bo'lgan summa kamaymas qoldiqni hisobga olgan holda hisoblab chiqiladi.
i) Karta hisobiga xizmat ko’rsatish har oy 1 AQSh dollari
Komissiya undirilmaydi Shartlardan biri bajarilganda:
* hisobdagi o'rtacha oylik qoldiq> 500 $
* tovar va xizmatlar uchun to'lov aylanmasi> oyiga 100 $
j) “Kapitalbank” ATB kassir/terminali orqali “Kapitalbank” ATB Visa kartalaridan naqd pul mablag‘larini olish bo‘yicha tranzaksiyalarni qayta ishlash. operatsiya summasidan 0,5%
k) “Kapitalbank” ATB kartalaridan boshqa banklarda naqd pul mablag‘larini olish bo‘yicha tranzaksiyalarni qayta ishlash. 2% Bankomatni o'rnatgan bankning tariflariga muvofiq, egasining kartasidan komissiya undiriladi
l) “Kapitalbank” ATB xizmat ko‘rsatish tarmog‘idan tashqarida tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar bo‘yicha tranzaksiyalarni qayta ishlash Komissiya undirilmaydi
MSS 6051  boʻyicha “Kapitalbank” ATB kartalari orqali toʻlov amalga oshirilganda 1%
m) Hisob va operatsiyalar bo'yicha tekshiruv qismida bank kartasi hisobini yuritish 100 dollargacha - 5 (besh) AQSh dollari (bank tomonidan belgilangan kurs bo'yicha);

100 AQSh dollaridan boshlab - tranzaksiya summasining 1 foizi, lekin 10 (o'n) AQSh dollaridan kam bo'lmagan miqdorda (bank tomonidan belgilangan kurs bo'yicha)
n) "O'g'irlangan yoki yo'qolgan" belgisi bilan kartani bloklash uchun komissiya to'lovi Komissiya undirilmaydi
o) 3D Secure xizmatini ulash va xizmat ko'rsatish Komissiya undirilmaydi 3D Secure xizmatiga ulanish faqat mijoz SMS-xabarnoma xizmatiga ulangan bo'lsa taqdim etiladi

Visa kartasi Sizning pullaringiz turadigan hisob kartangizdan foydalanish uchun kalit hisoblanadi. Quyidagi asosiy ehtiyotkorlik choralariga amal qilsangiz, o‘z hisobingizdagi mablag‘larni ruxsatsiz echib olinish xatarini pasaytirishingiz mumkin.

  • Sizning kartochkangizdan boshqa shaxs foydalana olmasligi uchun, PIN-kod va kartani alohida-alohida saqlang, Pin-kodni kartochkaga yozib qo‘ymang, Pin-kodni boshqa shaxslarga aytmang. Pin-kodni elektron terminal yoki bankomatda terganingizda, kiritilayotgan raqamlar atrofdagilarga ko‘rinmaydigan qilib bajaring.

  • Karta hisobi bo‘yicha operatsiyalarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing – buni bankdan olingan ko‘chirmalar bo‘yicha, yoki bepul SMS xabar xizmatidan foydalangan holda 2212 qisqa raqamiga tegishli SMS xabar yuborgan holda bajarish mumkin. Shubhali yoki noma’lum tranzaksiyalar aniqlangan hollarda, bu haqida zudlik bilan bankni xabardor qilib qo‘ying. SMS xabar berish buyruqlari bilan shu erda tanishishingiz mumkin -> YO‘RIQNOMA

  • Kartochkani yo‘qotib (o‘g‘irlatib, oldirib) qo‘ygan bo‘lsangiz, yoki PIN/kod yoki kartochka rekvizit ma’lumotlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda, SMS xabar xizmatidan foydalangan holda, 2212 qisqa raqamiga SMS xabari yuborib, kartani STOP listga qo‘yib qo‘ying, shuningdek zudlik bilan «Kapitalbank» AKB bilan bog‘lanib, og‘zaki yoki yozma shaklda kartangiz yo‘qolganligi haqida xabar bering.

  • Kartochkangiz bilan tovlamachilik hodisalari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, uni o‘z diqqat markazingizdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, operatsiyalarni faqat o‘zingizning ishtirokingizda o‘tkazilishini talab qiling.

  • Bankomatda naqd pul mablag‘lari olganingizda, bankomat yaxshi yoritiladigan joyga yoki bankning maxsus xonasiga o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling, operatsiyalarni odamlar bo‘lmagan joylarga o‘rnatilgan bankomatalarda bajarmang. Karta ma’lumotlarini hisoblash moslamalarini o‘rnatish uchun namunalar.