- Xususiy mijozlar
- Kartalar
- MasterCard Gold
MasterCard Gold - bu qulaylik va xizmat sifatini qadrlaydigan odamlar orasida mashhur bo'lgan premial segment kartasi. Gold toifasidagi karta egasining yuqori mavqeini ta'kidlaydi va xizmat ko’rsatish vaqtida e'tiborni kuchaytirish kafolati hisoblanadi.
Kartaning afzalliklari:
a) Kontaktsiz to'lov (PayPass kontaktsiz texnologiyasi tufayli, xarid uchun to'lovni bir bor tekkizish bilan amalga oshiring).
b) SMS-xabardor qilish (barcha karta operatsiyalari to'g'risida xabardor bo'ling: mobil telefoningizga SMS-xabarlarni qabul qiling va xarajatlarni tezkor nazorat qiling).
c) Internet orqali tovarlar va xizmatlar uchun to'lov (onlayn xaridlardan zavqlaning: masofadan tovarlarga buyurtma bering yoki xizmatlar uchun to'lang).
d) Pin-kodni mustaqil o'rnatish imkoniyati (o'zingizning noyob to'rt xonali pin-kodingizni mustaqil sozlang).
e) Yevro valyutasidagi karta hisobvarag'iga xizmat ko'rsatish (Yevropaga sayohat qilish uchun juda yaxshi tanlov, keraksiz konvertatsiya xarajatlarisiz xaridlarni amalga oshiring).
f) Kartani tezkor chiqarish (endi bir necha kun kutishning hojati yo'q, karta bir necha daqiqa ichida shaxsiylashtiriladi).
g) Dsecure bepul xizmati (mobil telefonga SMS-xabar shaklida yuborilgan bir martalik parol bilan tasdiqlangan Internetdagi karta to'lovlari xavfsizligini ta'minlash texnologiyasi).
|
Bank xizmati/ xizmat ko‘rsatish sharti |
Mijozga Bank tomonidan bajarilgan operatsiya uchun undiriladigan Bankning komission mukofotlash stavkasi |
Izoh |
a) |
Bank bo'linmasida olish sharti bilan plastik kartani chiqarish |
55 000 so’m 5 USD 5 EUR |
|
b) | Yetkazib berish orqali olish sharti bilan mobil ilova yordamida buyurtma berishda | 10 EUR | Karta manfiy qoldiq bilan chiqariladi (kartani chiqarish va yetkazib berish uchun komissiya) |
c)
|
Kartaning amal qilish muddati |
3 yil
|
|
d) | Kartaning amal qilish muddati tugaganligi sababli kartani qayta chiqarish |
Bepul* 50 000 so’m 4 USD 4 EUR |
* Kartaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin va keyin murojaat qilinganda |
e) | Asosiy yoki qo'shimcha kartani muddatidan oldin qayta chiqarish |
Bepul* 50 000 so’m 4 USD 4 EUR |
Kartaning amal qilish muddati tugashidan 1 oy oldin murojaat qilinganda |
f) | Kartani quyidagi sabablarga ko’ra qayta chiqarish: | ||
- Yo'qotilishi | 50 000 so’m | ||
- Zarar yetishi | 4 USD | ||
- Karta egasining ismi o'zgarishi | 4 EUR | ||
- PIN-kod o'zgartirilishi | |||
g) |
Kartada foydalanish mumkin bo'lmagan karta hisobvarag'idagi minimal qoldiq | 20 yevro | Mijoz bilan barcha hisob-kitoblar tugagandan so'ng, lekin karta hisobini yopish uchun ariza topshirilgandan keyin 30 kundan ilgari emas mijozga qaytariladi. |
Gold Ishonchnoma asosida chiqarilganlar | 30 yevro | ||
h) | Karta hisobvarag'iga minimal boshlang'ich badal | mavjud emas | Foydalanish mumkin bo’lgan summa minimal qoldiqni olib tashlab hisoblab chiqiladi. |
i) | Karta hisobvarag'iga xizmat ko’rsatish | Komissiya undirilmaydi | |
j) | "Kapitalbank" ATB kassasi / terminali orqali "Kapitalbank" ATB MasterСard kartalari yordamida naqd pul olish bo'yicha tranzaksiyalarni ko’rib chiqish | Komissiya undirilmaydi | |
k) | "Kapitalbank" ATB kartalaridan boshqa banklarda naqd pul olish bo'yicha tranzaksiyalarni ko’rib chiqish | 2% | Tranzaksiyaning to'liq miqdori bo'yicha komissiya olinadi |
l) | "Kapitalbank" ATB xizmat ko'rsatish tarmog'idan tashqarida tovar va xizmatlarga haq to'lash bo'yicha tranzaksiyalarni ko’rib chiqish | 0,5% (kamida 0,5 yevro) | Tranzaksiyaning to'liq miqdori bo'yicha komissiya olinadi |
MSS 6051 boʻyicha “Kapitalbank” ATB kartalari orqali toʻlov amalga oshirilganda | 1% | ||
m) | Hisob va operatsiyalar bo'yicha tekshiruv qismida bank kartasi hisobini yuritish | 100 000 so'm | |
n) | "o'g'irlangan yoki yo'qolgan" belgisili kartani bloklash uchun komissiya to’lovi | Komissiya undirilmaydi | |
o) | 3D Secure xizmatiga ulanish va xizmat ko'rsatish | Komissiya undirilmaydi | 3D Secure xizmatiga ulanish faqatgina mijoz SMS-xabardor qilish xizmatiga ulangan bo'lgan taqdirda taqdim etiladi |
p) | karta hisobini va tranzaksiyalar bo'yicha hisob-kitoblarni yuritish | Kapitalbankdan MasterCard kartasining valyutasi Yevroda amalga oshiriladi. Tranzaksiya farqlovchi valyutada amalga oshirilganda, dinamik ayirboshlash kursi qo'llaniladi. Tranzaksiya vaqtida kartadagi kurs bo'yicha dastlabki summa bloklanadi, yakuniy hisobdan chiqarish esa Mastercard bilan hisob-kitob kuni kursi bo'yicha amalga oshiriladi. |
MasterCard kartasi Sizning pullaringiz turadigan hisob kartangizdan foydalanish uchun kalit hisoblanadi. Quyidagi asosiy ehtiyotkorlik choralariga amal qilsangiz, o‘z hisobingizdagi mablag‘larni ruxsatsiz echib olinish xatarini pasaytirishingiz mumkin.
-
Sizning kartochkangizdan boshqa shaxs foydalana olmasligi uchun, PIN-kod va kartani alohida-alohida saqlang, Pin-kodni kartochkaga yozib qo‘ymang, Pin-kodni boshqa shaxslarga aytmang. Pin-kodni elektron terminal yoki bankomatda terganingizda, kiritilayotgan raqamlar atrofdagilarga ko‘rinmaydigan qilib bajaring.
-
Karta hisobi bo‘yicha operatsiyalarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing – buni bankdan olingan ko‘chirmalar bo‘yicha, yoki bepul SMS xabar xizmatidan foydalangan holda 2212 qisqa raqamiga tegishli SMS xabar yuborgan holda bajarish mumkin. Shubhali yoki noma’lum tranzaksiyalar aniqlangan hollarda, bu haqida zudlik bilan bankni xabardor qilib qo‘ying. SMS xabar berish buyruqlari bilan shu erda tanishishingiz mumkin -> YO‘RIQNOMA
-
Kartochkani yo‘qotib (o‘g‘irlatib, oldirib) qo‘ygan bo‘lsangiz, yoki PIN/kod yoki kartochka rekvizit ma’lumotlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda, SMS xabar xizmatidan foydalangan holda, 2212 qisqa raqamiga SMS xabari yuborib, kartani STOP listga qo‘yib qo‘ying, shuningdek zudlik bilan «Kapitalbank» AKB bilan bog‘lanib, og‘zaki yoki yozma shaklda kartangiz yo‘qolganligi haqida xabar bering.
-
Kartochkangiz bilan tovlamachilik hodisalari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, uni o‘z diqqat markazingizdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, operatsiyalarni faqat o‘zingizning ishtirokingizda o‘tkazilishini talab qiling.
-
Bankomatda naqd pul mablag‘lari olganingizda, bankomat yaxshi yoritiladigan joyga yoki bankning maxsus xonasiga o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling, operatsiyalarni odamlar bo‘lmagan joylarga o‘rnatilgan bankomatalarda bajarmang. Karta ma’lumotlarini hisoblash moslamalarini o‘rnatish uchun namunalar.
- Ariza
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi
- Bank va jismoniy shaxs oʻrtasidagi shartnoma
- MasterCard kartalarini ochish - 16:00 gacha;
- EMV SMART VISTA kartalari boʻyicha naqd pul mablagʻlarini yechish - 16:00 gacha;
- Boshqa operatsiyalar - 17:00 gacha.