- Xususiy mijozlar
- Kartalar
- Visa Classic
Visa Classic - bu karta Visa logotipi bo‘lgan deyarli barcha nuqtalarda to‘lovga qabul qilinadi. Undan ham elektron, ham mexanik to‘lov terminallarida, bankomatlarda foydalanish mumkin, shuningdek bu kartochka Internet yoki telefon orqali to‘lovga qabul qilinadi. Bu karta bank kartalari bilan ishlash tajribasi bor kishilarga mo‘ljallangan. U o‘rtacha daromadli iste'molchilar ichida ayniqsa e'tibor qozongan, chunki qulaylik, tanlash imkoniyati va moliyaviy moslashuvchanlik imkonini beradi. Kartochka yordamida “bron qilish operatsiyalari”ni amalga oshirish mumkin, ya'ni mehmonxonada xona, aviachipta va boshqa xizmatlarni buyurtirish mumkin. Odatda, buning uchun o‘z kartasi rekvizitlarini tovar yoki xizmat sotuvchisiga ma'lum qiladi, mijoz tovar olganidanyoki xizmatdan foydalanganidan so‘ng sotuvchi uning kartochka hisobidan tegishli mablag‘ni yechib oladi. Internet orqali xaridlar ham taxminan shunday amalga oshiriladi. Internet to‘lovlar uchun kartochkada uchta raqamdan iborat maxsus servis kodi bo‘lib, u kartaning orqa tomonida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ammo, ehtiyot bo‘lish va o‘z kartangiz rekvizitlari noinsof savdogarlarning qo‘liga tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Bugungi kunda plastik karta – bu qulay va yuqori texnologiyali axborot manbaidir. Hozirgi zamonda plastik kartochkalar deyarli har jabhada qo‘llanilmoqda. Xarid qilayotganingizda Sizga kerakli bo‘lgan summanigina beradigan hamyonni faraz qiling, Sizdan boshqa hech kim undan foydalana olmaydi va, eng asosiysi, hamyonni yo‘qotib qo‘ysangiz ham pullaringiz yoningizda qoladi. Bunaqasi bo‘lmaydi, deb o‘ylaysizmi? Biz bu fikringizga qo‘shilmaymiz. “Kapitalbank” ATB Sizga qulay va xavfsiz yechim taklif etadi. Bu - PLASTIK KARTOCHKALAR!
“Kapitalbank” ATB plastik kartochkalari bilan Siz turmush ikir-chikirlariga chalg‘imaysiz, barcha diqqat-e'tiboringizni eng qiziqarli va muhim masalalarga qaratishingiz mumkin bo‘ladi.
Bank xizmati/ xizmat ko‘rsatish sharti |
Mijozga Bank tomonidan bajarilgan operatsiya uchun undiriladigan Bankning komission mukofotlash stavkasi |
Izoh |
|
a) | Asosiy kartani chiqarish |
25 000so’m 2 USD* 2 EUR* |
Bundan tashqari: Amal qilish muddati tugagan Visa Electron kartalari o'rniga Visa Classic kartalarini berish |
b) | Qo‘shimcha kartani chiqarish |
25 000so’m 2 USD* 2 EUR* |
Qo‘shimcha karta sifatida faqat Visa Classic kartasi bo‘lishi mumkin |
c) | Kartaning amal qilish muddati | 3 yil | |
d) |
Asosiy yoki qo‘shimcha kartani chiqarishga buyurtma olish uchun kartani chiqarish muddati |
3 ish kunidan ortiq emas |
|
e) | Karta hisobidagi, karta bo‘yicha foydalanish mumkin bo‘lmagan kamaytirilmaydigan qoldiq | 0 AQSH dollari | |
f) | Karta hisobiga minimal birlamchi badal | yo'q | Foydalanish mumkin bo‘lgan summa, pasaytirilmaydigan qoldiqni hisobga olgan holda hisoblab chiqariladi. |
g) | Karta hisobiga xizmat ko‘rsatish | Komissiya undirilmaydi | |
h) | Asosiy yoki qo‘shimcha kartani muddatidan avval chiqarish/qayta chiqarish (agar karta egasi kartaning amal qilish muddati tugagunga qadar 2 oy avval murojaat qilgan bo‘lsa) |
25 000so’m 2 USD* 2 EUR* |
|
i) | «Kapitalbank» ATB tarmog‘ida «Kapitalbank» ATB Visa kartalari bo‘yicha naqd pul mablag‘larini olish bo‘yicha tranzaksiyalarga ishlov berish | operatsiya summasidan 0,5% | |
j) | Boshqa banklarda «Kapitalbank» ATB kartalari orqali naqd pul mablag‘larini olish bo‘yicha tranzaksiyalarni amalga oshirish | 3% | Komissiya tranzaksiyaning to‘liq summasidan undiriladi |
k) | «Kapitalbank» ATB xizmat ko‘rsatish tarmog‘i ichida va uning tashqarisida tovarlar va xizmatlarga haq to‘lash bo‘yicha tranzaksiyalarni amalga oshirish | Komissiya undirilmaydi | |
MSS 6051 boʻyicha “Kapitalbank” ATB kartalari orqali toʻlov amalga oshirilganda | 1% | ||
l) | Quyidagilar munosabati bilan kartani qayta chiqarish: | ||
Yo‘qolganligi (shikastlaganligi); | 25 000 so'm | ||
Karta egasining nomi o‘zgarganligi | 2 USD* | ||
PIN kod almashganligi | 2 EUR* | ||
Kartaning amal qilish muddati almashganligi | Komissiya undirilmaydi | Mijozning karta amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin va keyin qilgan murojaati bundan mustasno. | |
m) | Hisobvaraq va operatsiyalar boʻyicha tekshirish oʻtkazish |
100$ gacha – 5 (besh) AQSh dollari; 100$ dan boshlab (100$ ni ham qo’shib) – tranzaksiya summasidan 1%, biroq 10 (o’n) AQSh dollaridan kam bo’lmagan holda (MB kursi bo’yicha) |
To'lov milliy valyutada Markaziy Bankning mijozdan ariza qabul qilingan kundagi kursi bo'yicha amalga oshiriladi. Bunday holda, bahsli tranzaksiya summasi 25 (yigirma besh) AQSh dollaridan kam bo'lmasligi kerak. |
n) | 3D Secure xizmatiga ulanish va xizmat ko‘rsatish | Komissiya undirilmaydi | 3D Secure xizmatiga ulanishga, faqat mijoz SMS xabarnoma xizmatiga ulanish sharti bilan ruxsat beriladi. |
o) | “Kapitalbank” ATB Visa kartalaridan “Kapitalbank” ATB xizmat koʻrsatish bankomatlarida naqd pul mablagʻlarini olish boʻyicha tranzaksiyalarni qayta ishlash | Komissiya undirilmaydi | Milliy va xorijiy valyutalar uchun |
p) | "Kapitalbank" ATBning Visa kartalaridan istalgan bankning Visa kartalariga P2P tizimidan foydalangan holda bankning E-POS terminali orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarga ishlov berish | Operatsiya summasining 1% i (kamida 1 AQSh dollari) |
Visa kartasi Sizning pullaringiz turadigan hisob kartangizdan foydalanish uchun kalit hisoblanadi. Quyidagi asosiy ehtiyotkorlik choralariga amal qilsangiz, o‘z hisobingizdagi mablag‘larni ruxsatsiz echib olinish xatarini pasaytirishingiz mumkin.
-
Sizning kartochkangizdan boshqa shaxs foydalana olmasligi uchun, PIN-kod va kartani alohida-alohida saqlang, Pin-kodni kartochkaga yozib qo‘ymang, Pin-kodni boshqa shaxslarga aytmang. Pin-kodni elektron terminal yoki bankomatda terganingizda, kiritilayotgan raqamlar atrofdagilarga ko‘rinmaydigan qilib bajaring.
-
Karta hisobi bo‘yicha operatsiyalarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing – buni bankdan olingan ko‘chirmalar bo‘yicha, yoki bepul SMS xabar xizmatidan foydalangan holda 2212 qisqa raqamiga tegishli SMS xabar yuborgan holda bajarish mumkin. Shubhali yoki noma’lum tranzaksiyalar aniqlangan hollarda, bu haqida zudlik bilan bankni xabardor qilib qo‘ying. SMS xabar berish buyruqlari bilan shu erda tanishishingiz mumkin -> YO‘RIQNOMA
-
Kartochkani yo‘qotib (o‘g‘irlatib, oldirib) qo‘ygan bo‘lsangiz, yoki PIN/kod yoki kartochka rekvizit ma’lumotlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda, SMS xabar xizmatidan foydalangan holda, 2212 qisqa raqamiga SMS xabari yuborib, kartani STOP listga qo‘yib qo‘ying, shuningdek zudlik bilan «Kapitalbank» AKB bilan bog‘lanib, og‘zaki yoki yozma shaklda kartangiz yo‘qolganligi haqida xabar bering.
-
Kartochkangiz bilan tovlamachilik hodisalari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, uni o‘z diqqat markazingizdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, operatsiyalarni faqat o‘zingizning ishtirokingizda o‘tkazilishini talab qiling.
-
Bankomatda naqd pul mablag‘lari olganingizda, bankomat yaxshi yoritiladigan joyga yoki bankning maxsus xonasiga o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling, operatsiyalarni odamlar bo‘lmagan joylarga o‘rnatilgan bankomatalarda bajarmang. Karta ma’lumotlarini hisoblash moslamalarini o‘rnatish uchun namunalar.
- Ariza
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi
- Bank va jismoniy shaxs oʻrtasidagi shartnoma
- VISA kartalarini ochish - 16:00 gacha;
- EMV SMART VISTA kartalari boʻyicha naqd pul mablagʻlarini yechish - 16:00 gacha;
- Boshqa operatsiyalar - 17:00 gacha.