- Xususiy mijozlar
- Kredirlar
- «QULAY UY» ipoteka krediti
Annuitet to'lovlari (asosiy qarz va foizlarni o'z ichiga oluvchi oylik teng miqdordagi to'lovlar). To'lov sanasi oyning 3-sanasidan kechiktirilmagan sanalarda belgilanadi. Asosiy qarzni to'lash bo'yicha 3 oydan ko'p bo'lmagan muddatga imtiyozli davrni taqdim etishga ruxsat beriladi.
«Qulay uy» ipoteka krediti xonadonlar va uylar sotib olish uchun beriladi.
Foiz stavkasi:
- agar dastlabki badal kamida 51% bo’lsa, yillik 24%;
- agar dastlabki badal kamida 26% bo’lsa, yillik 26%.
Muddati – 10 yilgacha
Kreditning maksimal summasi – 2 000 000 000 so’mgacha
Qarz oluvchiga eslatma
Daromad qanday bo’lishi lozim?
Har oylik to’lov daromadning 70% dan oshmasligi lozim. Agar daromad yetarli bo’lmasa, u holda birgalikda qarz oluvchilarni rasmiylashtirish mumkin.
Ipoteka krediti uchun qayerga murojaat etish kerak?
Ipoteka krediti ro’yxatda turgan joyi bo’yicha emas, balki xarid qilinayotgan uy-joy joylashgan hudud bo’yicha «Kapitalbank» filialida rasmiylashtiriladi.
Kredit buyurtmasini ko’rib chiqishga necha kun ketadi?
Ko’rib chiqish hamda kreditni ajratish yoki rad etish to’g’risidagi javobini berish bir necha ish kunida amalga oshiriladi.
Bitim qanday amalga oshiriladi?
Kredit ma’qullanganidan keyin bank bitimni qayd etish uchun notariusga majburiyatnoma-xat yuboradi. Xat asosida quruvchi uy-joy mulkini xaridor nomiga rasmiylashtiradi, bank esa, o’z navbatida, uy-joy mulkini garov sifatida rasmiylashtiradi. Xarid qilinayotgan uy-joy garov bo’ladi. Mazkur garov rasmiylashtirilgach, bank pulni sotuvchining hisob raqamiga o’tkazib beradi.
Dastlabki badalni qayerda to’lash kerak?
Kamida 26% miqdordagi dastlabki badalni ipoteka rasmiylashtirilayotgan «Kapitalbank» filialida to’lash lozim.
Olingan kreditni qaytarish qanday tartibda amalga oshiriladi?
Qaytarish har oyda, 3 oygacha imtiyozli muddat bilan yoki imtiyozli muddatsiz, annuitet uslubda amalga oshiriladi.
Muhim! Kredit olish uchun siz ishga joylashgan va barqaror daromadga ega bo’lishingiz lozim. Daromadlar to’g’risidagi ma’lumotnomani ish joyingizdagi buxgalteriyadan olishingiz mumkin, yoki bankning o’zi daromadlaringiz haqidagi axborotni o’zaro bog’langan manbalar orqali olishi mumkin.
- O'zbekiston Respublikasi rezidenti bo'lish
- salbiy kredit tarixining yo'qligi
- dastlabki to'lovni to'lash uchun yetarli miqdordagi shaxsiy mablag'larning mavjudligi
- daromadning yetarliligi (qarzdorlik yuklamasi 70% dan oshmasligi kerak)
- so'nggi olti oy davomida doimiy daromad manbaiga ega bo'lish. Daromadlari yetarli bo'lmagan taqdirda qo`chimcha qarz oluvchilarga ruxsat etiladi
Ipoteka kreditini rasmiylashtirish uchun quyidagilar kerak:
- O’zbekiston fuqarosining pasporti;
- doimiy daromadning mavjudligi;
- xonadonni sotib olishga dastlabki shartnoma;
- kadastr pasportining nusxasi.