"Kapitalbank" ATB "Yil brendi-2020" Sovrinining bir yo'la uchta mukofotiga sazovor bo'ldi
2021-05-23
"Kapitalbank" ATB "Yil brendi-2020" Sovrinining bir yo'la uchta mukofotiga sazovor bo'ldi
MAKON Marketing Forum 2021 III Xalqaro marketing biznes-forumining davomi sifatida, poytaxtda IV "Yil brendi-2020" Sovrinining g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

22-may kuni "Milliy marketing markazi" korxonalar assotsiatsiyasi mutaxassislarining xulosasiga va iste'molchilarning ochiq ovoz berish natijalariga ko'ra IV "Yil brendi 2020" Sovrinining g'oliblari e'lon qilindi.  Hakamlar hay'ati xulosasiga ko'ra, "Kapitalbank" ATB "Bank xizmatlari" nominatsiyasida g'olib deb topildi.  Marketing assotsiatsiyasi mutaxassislari "Kapitalbank" ATB o'zini ishonchli va qulay bank, sinalgan va munosib hamkor sifatida namoyon etganini ta'kidladilar.

Yana bir mukofot Apelsin mobil ilovasiga nasib etdi.  Marketing assotsiatsiyasi mutaxassislarining fikriga ko'ra, u eng yaxshi to'lov tizimi deb tan olindi.

Bundan tashqari, "Kapitalbank" maxsus nominatsiya - "2020-yilning eng ijtimoiy yo'naltirilgan banki" nominatsiyasi bo'yicha yana bitta sovrin bilan taqdirlandi.  Sovrinning hakamlar hay'ati bankning muhim ijtimoiy tashabbuslarni qo'llab-quvvatlashdagi hissasini ta'kidladi.  2020-yilda pandemiyaning ayni avj pallasida "Kapitalbank" aholining zaif qatlamlariga kartalarni tarqatish loyihasida ishtirok etdi, mijozlarga masofadan xizmat ko'rsatishni joriy qildi, ijtimoiy ahamiyatga ega kitoblarni nashr etishda hamkor sifatida qatnashdi va har yili o'tkaziladigan "Samarkand Half Marathon" xayriya sport musobaqasini qo'llab-quvvatladi.  Joriy yilda "Kapitalbank" 9-mayga bag'ishlangan "Urushning kichik guvohlari" kitobi nashrining moliyaviy hamkoriga aylanib, ijtimoiy loyihalarni qo'llab-quvvatlashni davom ettirdi. К списку