Tenders
“Kapitalbank” ATB quyidagi lot boʻyicha orgtexnika yetkazib berishga tender eʼlon qiladi:

Nomi

Butlovchi qism tavsifi (ishlab chiqaruvchi, model, texnik tavsifi va boshqalar)

Miqdori, dona

1

MFU

“3 tasi 1 da” + tarmoq + ikki tomonlama bosish + DADF + tarqatish + Wi-Fi) printer/kopir/skaner/tarmoq/50 varaqni avtouzatkich (DADF) - A4, 38 bet/daq, 600x600dpi(bosish sifati 1200x1200dpi), 800 MGs protsessori x 2, 1 GB xotira, USB-toʻplagichga skanerlash, USB-toʻplagichdan chop etish, tarqatish – elektron pochta/fayl serveriga, avtomatlashgan ikki tomonlama chop etish bloki, uzatish lotogi 250 varaq+universal lotok 100 varaq, 150 varaqni qabul qilish lotogi, tonerni tejash rejimi, nusxa koʻpaytirgich: 38 nusxa/daqiqa./ 600x600dpi/ masshtabir.-25-400%/ 2 nusxa koʻpaytirish 1 ga, 4 1 ga/ siklda nusxalar miqdori - 1-999, skaner 600x600dpi/24 bit (sifatni yaxshilash rejimida: 9600x9600dpi gacha) , rangli sensorli JK-ekran 12.7 sm, printer tillari - UFRII, PCL5e, PCL6, interfeyslar USB2.0 + Gbit Ethernet + Wi-Fi 802.11b/g/n, Apple AirPRINT, Google Cloud Print, hajmi oshirilgan katridj oʻrnatish imkoniyati - 057H (10 000 bet), oylik yuklanishi - 80 000 betgacha.

200

2

IBP (uzluksiz taʼminlash manbai)

800VA uzluksiz taʼminlash manbai, bir fazali, chiziqiy-interaktiv, mustaqil ishlash vaqti 15 daqiqagacha, 1xC13 + 1x2K+Z, USB portli, faol quvvati 480 Vt, nominal quvvati 800 VA 200

200

Yetkazib berish shartlariga talablar:

-Tovar batafsil tavsifda koʻrsatilgan eng kam texnik talablar va parametrlarga muvofiq boʻlishi zarur; 

- Yuqorida sanab oʻtilgan tovarlar alohida lot sifatida qaraladi. Takliflarni baholash natijalari boʻyicha eng yaxshi bajarish shartlarini taklif etgan yetkazib beruvchi/lar bilan shartnoma tuziladi va rasmiylashtiriladi.

a) Yetkazib berish shartlari – bojxonadan oʻtkazilgan tovar:
1. Yetkazib berish joyi – oluvchining ombori;
2. Toʻlov shartlari – yetkazib berish fakti boʻyicha 100%;
3. Toʻlov valyutasi – UZS (Oʻzbek soʻmi);
4. Yetkazib berish muddati – taklifga muvofiq;
5. Kafolat: kamida 12 oy.

b) Yetkazib berish shartlari – CIP Toshkent:

1. Toʻlov shartlari – tovarni yetkazib berish fakti boʻyicha 100%,  Akkreditiv, Bank kafolati;
2. Toʻlov valyutasi – AQSH dollari, Yevro;
3. Yetkazib berish muddatlari – (taklifga muvofiq);
4. Kafolat: kamida 12 oy.

Qiziqib qolgan boʻlsangiz, tijorat takliflaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni soʻraymiz:

“Kapitalbank” ATB, Yashnobod filiali, Maxtumquli koʻchasi, 1, Maʼmuriy departamentning Xaridlar boʻyicha boshqarmasi, 3-qavat.

Takliflarni berish muddati 2022-yilning 14-sentyabri, soat 12:00 gacha. 

O'rinboev Abrorbek e-mail: Abrorbek.urinboev@kapitalbank.uz Mob.  tel.: +(998) 90 976 00 57
Tolibov Dilshod e-mail: Dilshod.tolibov@kapitalbank.uz Mob.  tel.: +(998) 90 002 05 87

Date start2022-09-09
Date end2022-09-14
Boʻlimni topish