- Xususiy mijozlar
- Matbuot markazi
- Aksiyalar
- Visa va Kapitalbank dan sovrinli aksiya 15-oktyabrgacha uzaytirildi!
Sizga mamnuniyat bilan xabar qilamizki, Visa va Kapitalbank qo'shma aksiyasining ikkinchi bosqichi boshlandi, u 15-oktyabrga qadar davom etadi. Eslatib o'tamiz, birinchi bosqichda FIFA WORLD CUP 2022 final o'yiniga yo'llanma o'ynalgan edi.
Endi esa sovrinlar naqd pul shaklida: ishtirokchilardan biri 50 million so‘m, ikkitasi – 20 million so‘mdan, uchtasi – 10 million so‘mdan, 10 nafari – 5 million so‘mdan, yana 15 nafar ishtirokchi – har biri 2 million so‘m va 28 nafar ishtirokchi – 1 million so'mdan pul yutug'ini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bundan tashqari, Kapitalbank dan brend sovg'alari va suvenirlar o'ynaladi.
15-oktabrgacha bo’lgan davrda Visa Kapitalbank kartalari orqali kamida 200 000 so‘m yoki 20 AQSh dollari miqdoridagi har qanday xarid uchun to'lovni amalga oshirish kifoya. Aksiya o'tkazilish muddati davomida ko‘rsatilgan summada karta orqali shunday xaridni amalga oshirgan Visa Kapitalbank kartasining har bir sohibi avtomatik tarzda aksiya ishtirokchisiga aylanadi. Kuniga bitta savdo nuqtasida bitta tranzaksiya bitta yutish imkoniyatini taqdim etadi!
*Aksiyada O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (rezidentlari) bo‘lgan 16 yoshdan oshgan barcha Visa Kapitalbank kartalari egalari ishtirok etishlari mumkin.
*Har bir g'olib ishtirokchi uchun faqat bitta sovrin nazarda tutilgan.