Aksiyalar
«Orzuga jamg'armasi!» Bolalar rasmlari tanlovi
2020-10-27
«Orzuga jamg'armasi!» Bolalar rasmlari tanlovi
«Kapitalbank» ATB Butunjahon jamg'arma kuniga bag'ishlangan rasmlar tanlovini e'lon qiladi. Asosiy maqsad pulni to'g'ri boshqarish va yosh «aqchadon» egalarining moliyaviy savodxonligini oshirishga o'rgatishdir.

Tanlovda 5 yoshdan 13 yoshgacha bo'lgan bolalar ishtirok etishlari mumkin. Yosh toifasi bo'yicha eng yaxshi rasmlar mualliflariga «Kapitalbank» dan qimmatbaho sovg'alar taqdim etiladi:
  • 5 - 6 yosh - planshet
  • 7 - 9 yosh - aqlli soat
  • 10 - 13 yoshda - smartfon
Shuningdek, «Kapitalbank» tomonidan rag'batlantiruvchi sovrinlar, jumladan kantselyariya to'plamlari va maxsus esdalik sovg'alari ham tayyorlab qo'yilgan.

Ijodiy ishlar Telegram-botda 30-oktyabr soat 16.00 gacha qabul qilinadi. Bola chizgan rasmining fotosurati muallif haqidagi quyidagi ma'lumotlar bilan birga yuborilishi kerak: bolaning ismi va familiyasi, yoshi va yashash shahri.

Keyin esa tanlov qoidalariga mos keladigan barcha qabul qilingan rasmlar maxsus Telegram kanalida joylashtiriladi. G'oliblar onlayn ommaviy ovoz berish yo'li orqali tanlanadi. Ovoz berish 31-oktyabr soat 12:00 ga qadar davom etadi.
Diqqat! Imzosiz ishlar ovoz berishga qo'yilmaydi.

Tanlov natijalari 31-oktyabr kuni soat 14.00 da e'lon qilinadi.

Rasmni quyidagi manzilga yuboring.

Ovoz berish bu yerda bo'lib o'tadi.

Tanlovda ishtirok etish orqali siz ommaviy ofertada ko'rsatilgan shartlarga rozilik bildirasiz.
Ommaviy oferta К списку