- Xususiy mijozlar
- Matbuot markazi
- Mukofotlar va erishilgan yutuqlar
- “Kapitalbank” ATB ning Miss “Bankexpo 2016” tanlovidagi g‘alabasi
“Kapitalbank” ATB har yili O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi va Korxonalar assotsiatsiyasi va O‘zbekiston axborot texnologiyalari tashkilotlari hamkorligida tashkil etiladigan “BankExpo” bank xizmatlari, uskunalari va texnologiyalari milliy ko‘rgazmasida ishtirok etadi.
Mazkur ko‘rgazma doirasida Miss “Bankexpo 2016” tanlovi bo‘lib o‘tdi, unda bizning Bankimiz nomidan Markaziy operatsiyalar bo'linmasi korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi 2-toifali mutaxassisi Abdujabbarova Feruza ishtirok etdi. U tanlovning 3 bosqichini ham zafarli yakunlab, yirik hisobda 1-o‘rinni egalladi.
Ko‘rgazma davomida “Kapitalbank” ATB tomonidan yosh oilalar, oilaviy tadbirkorlik subyektlari, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, shuningdek, tadbirkor ayollarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Bundan tashqari, bankning Internet-banking, Mobil banking va SMS-banking singari mijozlarga masofaviy xizmat ko‘rsatish, shuningdek zamonaviy pul o‘tkazmalari, plastik kartochkalar bilan ishlash bo‘yicha xizmatlari taqdimoti o‘tkazildi.