- Xususiy mijozlar
- Matbuot markazi
- Mukofotlar va erishilgan yutuqlar
- 11 iyun 2019 yil — Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom Korporatsiyasi (XSRIK) bankda Islomiy darcha yaratish bo'yicha "Kapitalbank" ATBga texnik maslahat xizmatlarini ko'rsatish to'g'risida shartnoma imzoladi
11 iyun 2019 yil — Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom Korporatsiyasi (XSRIK) bankda Islomiy darcha yaratish bo'yicha "Kapitalbank" ATBga texnik maslahat xizmatlarini ko'rsatish to'g'risida shartnoma imzoladi.
Shartnoma a'zo mamlakatlarda rivojlanish imkoniyatlarini o'rganish va Markaziy Osiyoda, ayniqsa, O'zbekistonda XSRIKning sezilarli konsultativ ta'sirini kuchaytirish bo'yicha mandat doirasida XSRIKning O'zbekistonga tashrifi davomida imzolandi.
Ushbu konsultativ mandat orqali XSRIK “Kapitalbank” ATBga bankga shariat, buxgalteriya hisobi, axborot texnologiyalari, marketing va kommunikatsiyalar, inson resurslari va qonunchilik aspektlarini qamrab olgan keng nazariy va amaliy mashg'ulotlar bilan birlashtirilgan kompleksli yechimni taqdimetgan holda, maxsus islomiy darcha ochish uchun yordam beradi.
"Kapitalbank" ATB boshqaruv kengashi raisi vazifasini bajaruvchi Oleg Kim imzolash marosimida shunday dedi:
"Biz bankdagi islomiy darchaning ishga tushirilishi, diniy e’tiqodlari tufayli bankning an'anaviy bank xizmatlaridan foydalanmagan aholining pul mablag'larini jalb qilishga yordam beradi, deb hisoblaymiz. Bundan tashqari, yuridik shaxslar shariat tamoyillari asosida moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shunday qilib, islomiy banking yordami bilan moliyaviy imkoniyatlar ilgari surilishi va mahalliy va global iqtisodiyotdagi keng ko’lamli jamg’armalarni olib kelishi mumkin".
Xususiy sektorni rivojlantirish bo'yicha Islom Korporatsiyasi (XSRIK) haqida
1999 yilda tashkil etilgan XSRIK ko'p tomonlama rivojlanish tashkiloti va Islom taraqqiyot banki guruhining (ITB) a'zosi hisoblanadi. XSRIKning vakolatlari Shariat tamoyillariga muvofiq pul mablag'lari va / yoki investitsiyalarni berish yo'li bilan iqtisodiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlash va unga a'zo davlatlarda xususiy sektorni rivojlantirishga ko'maklashishdan iborat. XSRIK, shuningdek, a'zo davlatlarga va ularning davlat va xususiy korxonalariga xususiy investitsiyalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, investitsion imkoniyatlarni aniqlash va ilgari surish, davlat korxonalarini xususiylashtirish va islomiy kapital bozorlarini rivojlantirish uchun texnik yordam va maslahat xizmatlarini ko'rsatadi.