Banklar indeksida «Kapitalbank» birinchi o'rinni saqlab qoldi
2020-10-22
Banklar indeksida «Kapitalbank» birinchi o'rinni saqlab qoldi
«Kapitalbank» Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida (ITIM) hisoblangan moliyaviy vositachilik, moliyaviy imkoniyat va daromadlilik bo'yicha yuqori natijalarni ko'rsatdi

ITIM O'zbekistondagi barcha tijorat banklarini o'z ichiga olgan Bank faolligi indeksini taqdim etdi. Umumiy reytingda "Kapitalbank" birinchi o'rinni saqlab qoldi.

Banklarning moliyaviy imkoniyati kichik va o'rta biznes uchun moliyaviy xizmatlarning qanchalik mavjudligini va "banksiz" aholining bank sektoriga jalb qilish darajasini ko'rsatadi. Kapitalbank moliyaviy imkoniyatlarining yuqori ko'rsatkichini 10 ta eng yirik mijozlarga berilgan kreditlar ulushining pastligi va kreditlarning umumiy hajmiga nisbatan xususiy sektorga beriladigan kreditlarning yuqori nisbati bilan ta'minladi.

Moliyaviy vositachilikning asosiy ko'rsatkichi real sektordan jalb qilingan depozitlarning kreditlarga nisbati hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich qancha yuqori bo'lsa, "Bank faolligi ko'rsatkichi" shuncha yuqori bo'ladi. Shunday qilib, «Kapitalbank» dagi jamg'arma va muddatli omonatlarning kreditlar umumiy hajmidagi ulushi 87 foizga o'sdi.

Ta'kidlash joizki, hozirgi kunda O'zbekiston bank tizimida 32 tijorat banki faoliyat yuritmoqda. Shulardan 13 ta bank ustav kapitalida davlat ulushiga ega. К списку