- Xususiy mijozlar
- Matbuot markazi
- Mukofotlar va erishilgan yutuqlar
- “Kapitalbank” – banklar orasida o'zgarmas yetakchi!
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) 2022-yilning uchinchi choragi uchun bank faolligii indeksining yangilangan talqinini taqdim etdi.
“Kapitalbank” moliyaviy vositachilik, aktivlarning mavjudligi va sifati bo‘yicha o‘zining yetakchi mavqeini saqlab qolgan holda, 2020-yilning ikkinchi choragidagi bank faoliyati reytingida hamon 17 ta yirik bank orasida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Xususan, muddatli bank omonatlari hajmi 2021-yil oxiriga nisbatan 44,1 foizga oshib, 11,4 trln. so'mni tashkil etdi. Muddatli depozitlarning umumiy kreditlarga nisbati 104 foizga yetdi.
Jami majburiyatlarda boshqa banklar va moliya tashkilotlari depozitlari va kreditlarining ulushi 2,5 foizni, Moliya vazirligidan olingan mablag‘larning ulushi 4,9 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlar “Kapitalbank” aholi va biznes bilan faol ish olib borayotganidan dalolat beradi.
O‘zbekistondagi tijorat banklarining bank faolligi indeksi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan ishlab chiqilgan. Tadqiqot xususiy sektorning bank aktivlaridagi ulushining o‘zgarishini monitoring qilish, shuningdek, O‘zbekiston bank sektorida olib borilayotgan islohotlar va transformatsiya jarayonlari samaradorligini baholash maqsadida o‘tkaziladi.
К списку