- Xususiy mijozlar
- Matbuot markazi
- Mukofotlar va erishilgan yutuqlar
- «Ahbor-Reyting» «Kapitalbank» ning kredit reytingini «uzA+» darajasigacha oshirdi
«Ahbor-Reyting» reyting agentligi 2020-yil yakuni natijalari boʻyicha «Kapitalbank» ATB ga «Barqaror» prognozi bilan milliy shkala boʻyicha «uzA+» darajasida kredit reytingini berdi.
«Ahbor-Reyting» da «Kapitalbank» ATB koʻp yillar mobaynida iqtisodiyotning ustuvor sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish yoʻli bilan respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlab va faol ishtirok etib kelayotganini qayd qildilar.
Xususiy va kichik biznesning yirik subyektlariga xizmat koʻrsatish, shuningdek aksiyadorlarning kuchli qoʻllab-quvvatlashi va respublikada kreditlashning kengayishi munosabati bilan ijobiy oʻsish istiqbollari «Kapitalbank» ATB ga mamlakatning bank sektorida mustahkam mavqe va oʻrin egallashiga imkon beradi.
Koʻrib chiqilayotgan davrda bankning jami aktivlari 2019-yil yakunlariga nisbatan 33% ga koʻpaydi, kredit portfeli 50% ga oshdi. Ogʻir pandemiya sharoitlariga qaramay, bank oʻz mijozlarini qoʻllab-quvvatlashni taʼminlashga harakat qildi va kichik biznesni va jismoniy shaxslar uchun raqobatbardosh kredit mahsulotlarini kreditlash boʻyicha maxsus dasturlarni ishga tushirdi.
«Ahbor-Reyting» reyting agentligi shuningdek 2020-yilda bankning daromadli va yuqori likvidli aktivlari ulushi oʻsganligini, 2019-yil yakunlariga nisbatan mijozlarning hisobvaraqlarida mablagʻlar qoldigʻi va boshqa asosiy daromadlar moddalari oshganligini, shu bilan birga kapitalning yetarliligi va likvidligi boʻyicha barcha prudensial normativlar bajarilganligini qayd qiladi.